2014 yildan beri tinçib qolgan somalilik dengiz qaroqçilar Hind okeanidagi kemalarga yana hujum qila boşladi. Bu esa Qizil dengizdagi husiylar faoliyatidan zarar körgan yuk taşiş bilan boğliq vaziyatni yanada murakkablaştirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Somaliliklar noyabr oyidan beri kemalarga 20 dan ortiq hujum uyuştirgan, bu esa muhofaza va suğurta narxlarining oşişiga olib kelgan. Yevropa Ittifoqi harbiy dengiz kuçlari ma’lumotlariga köra, bu muddat içida qaroqçilar kamida ikkita yuk kemasi va 12 ta baliq ovlaş kemasini qölga kiritişga muvaffaq bölgan.
Reuters bilan boğlangan Somalidagi jinoiy guruh a’zolari husiylarga global e’tibor qaratilayotganidan foydalanib, qaroqçilikka qaytişga qaror qilişganini aytgan.
Ötgan hafta Hindiston harbiy-dengiz kuçlari somaliliklar tomonidan qölga olingan Malta bayroği ostidagi «Ruen» kemasini ozod qilişga erişdi. Kemadagi 35 qaroqçi qölga olindi, 17 nafar garovga olingan kişi qutqarildi. Avvalroq Hind okeanining ğarbiy qismida Bangladeşdan kelgan yuk kemasiga önlab qaroqçilar hujum qilgan edi. Ekipaj avariya signalini yuborişga muvaffaq bölgaç, jinoyatçilar qoçib qoldi. Keyinçalik ma’lum bölişiça, yuk kemasi Somali yaqinida langar taşlagan.
Afrikaning eng qaşşoq mamlakati Somali eng gavjum dengiz yöllari yaqinida joylaşgan: har yili u orqali Qizil dengiz va Suvayş kanali tomon 20 mingta kema har xil yuklar bilan ötadi. Ekipajlar bilan kemalarni egallab, ular uçun tölov talab qilgan somalilik qaroqçilarning faoliyati 2008-2014 yillar oraliğida jahon iqtisodiyotiga milliardlab dollar zarar yetkazdi. Xalqaro dengiz byurosi ma’lumotlariga köra, birgina 2011 yilda somaliliklar kemalarga 237 ta hujum uyuştirgan. Oceans Beyond Piracy monitoring guruhi global iqtisodiyotga taxminan 7 milliard dollar zarar keltirganini ma’lum qilgan edi.












