Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam neft va gaz kompaniyalari guruhi (Petrovietnam) raisi Le Man Xun bilan uçraşuv ötkazdi.

"Vetnam neft va gaz kompaniyalari guruhi (Petrovietnam) raisi Le Man Xun janoblari bilan samarali suhbatlaşdik", – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida.

Hamkorlikni kengaytiriş, gaz va neft sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, texnologiyalar transferi va nou-hau almaşinuvi muhokama qilindi. 

Petrovietnam davlat korporatsiyasi 1975 yilda taşkil etilgan. Ötgan yilning avgust oyida Toşkentda Özbekistonda bir qator istiqbolli bloklarda geologik qidiruv işlarini boşlaş böyiça memorandum imzolangan edi.