Yevropa Ittifoqi kengaşi Bosniya va Hersegovinani (BvH) qabuli böyiça muzokaralarni boşlaşga qaror qildi. Bu haqda 21 mart, payşanba oqşomida Yevropa Ittifoqi ikki kunlik sammitining birinçi kunida YeI kengaşi raisi Şarl Mişel ma’lum qildi. «Tabriklaymiz! Sizning joyingiz - Yevropa oilasida, - deb yozdi Mişel ijtimoiy tarmoqda. - Bugungi qaror sizning YeIga boradigan yölingizdagi asosiy qadamdir. Endi Bosniya va Hersegovina oldinga borişini ta’minlaş uçun maşaqqatli mehnat davom etişi kerak».
Avvalroq, 12 mart kuni Yevrokomissiya (YeK) BvHda yevrointegratsiyaning yangi bosqiçiga ötiş tarafdori bölgan edi. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen şu kuni Strasburgda aytganidek, Bolqon davlati Yevropa Ittifoqiga qöşiliş yölida «ta’sirçan qadamlar» qöydi va Bryussel muzokaralar boşlanişidan oldin qöygan şartlarni bajardi. «Bosniya endi bizning taşqi va xavfsizlik siyosatimizni töliq qöllab-quvvatlamoqda, bu geosiyosiy inqiroz davrida juda muhim», - dedi Yevrokomissiya rahbari. Bundan taşqari, u noqonuniy migratsiya, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraş, şuningdek, turli etnik guruhlarni yaraştiriş çoralari haqida gapirdi.
BvHning Yevroittifoqqa yöli
Yevropa Ittifoqi Bosniya va Hersegovinaga 2022 yil dekabrida a’zo böliş uçun nomzod maqomini berdi. Qarorni e’lon qilgan Şarl Mişel buni uşbu Bolqon respublikasi aholisi uçun «signal» deb atadi. Şu bilan birga, nomzod maqomining berilişi «yangi hokimiyatdan islohotlar kutilayotganidan dalolat beradi», dedi Mişel va Bryussel Sarayevodan korrupsiyaga qarşi kuraş, davlat boşqaruvida yaxşilanişlarni kutayotganini ta’kidladi.
Bosniya va Hersegovina 2016 yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo böliş uçun ariza bergan. Biroq, Yevropa komissiyasi unga nomzod maqomini faqat 2022 yil oktyabr oyida berişni tavsiya qildi. 2023 yil dekabrida YeI yetakçilari Sarayevo bilan muzokaralar mamlakat Bryussel mezonlariga muvofiqligi zaruriy darajaga yetganida boşlanişiga qaror qildi. Asosiy e’tibor demokratiya va samarali davlat boşqaruvi, şuningdek, qonun ustuvorligi va inson huquqlari tamoyillariga rioya etişga qaratildi.
YeIni kengaytiriş siyosati
Bertelsman jamğarmasining Şarqiy Yevropa böyiça eksperti Miriam Kosmel mart oyi boşida DW bilan suhbatda Ursula fon der Lyayyen 2029 yilgaça Yevrokomissiya rahbari bölib qolsa, uning ehtimoliy ustuvorliklari haqida izoh berib, u YeIni kengaytiriş niyatida ekanini aytdi. Bunda nafaqat Ukraina, balki Moldova, şuningdek, Ğarbiy Bolqon davlatlariga nisbatan kengayiş rağbatlantiriladi.













