Idoraning ma’lum qilişiça, jinoyatçilar teraktdan keyin Rossiya–Ukraina çegarasiga qarab harakatlangan, ular “Ukraina tomonida tegişli aloqalarga ega bölgan”.
RT telekanali boş muharriri Margarita Simonyanning sözlariga köra, gumondorlar Ukraina çegarasiga 100 km qolganda qölga olingan. U jinoyatçilarni ular mamlakatni tark etişidan oldin qölga olgani uçun maxsus xizmatlarga taşakkur bildirgan. Avvalroq Ukraina tomoni bu teraktga aloqadorligini rad etgandi.
Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteynning ma’lum qilişiça, gumondorlar foydalangan “Reno” avtomobili tunda Bryansk oblastining Karaçevski tumanida, Xatsun qişloği atrofida topilgan. Maşina organ xodimlarining buyruğiga qaramay töxtamasdan harakatlanişda davom etib, yaşirinişga uringan. Ta’qib davomida otişma röy bergan, “Reno” ağdarilib ketgan. Jinoyatçilardan biri şu joyda qölga olingan, boşqalari örmonga yaşiringan, keyinçalik ikkinçi gumondor uşlangan. Deputat bu ma’lumotlarni e’lon qilganidan köp ötmay Tergov qömitasi va FXX jami 11 kişi uşlanganini ma’lum qildi.

TASS axborot agentligi Rossiya maxsus xizmatlariga tayanib bergan xabarga köra, AQŞ tomoni terakt röy berişi xavfi haqida avvalroq Rossiya tomonini ogohlantirgan. Biroq, naşr manbasiga köra, bu ma’lumot umumiy xarakterda bölib, unda aniq tafsilotlar bölmagan.
AQŞ va yana 6 ta ğarb davlatlari Rossiyada terakt sodir etilişi mumkinligi haqida RF hududida bölib turgan öz fuqarolarini ikki hafta oldin ogohlantirgan, bu haqdagi bayonotlarda xunrezlik yaqin ikki kunda röy berişi mumkinligi aytilgandi.














