Moskvadagi teraktdan keyin bu voqea Rossiya va uning atrofidagi davlatlar uçun uzoq istiqbolda qanday oqibatlar yaratişi asosiy masala bölib qolmoqda. Buni tahlil qiliş uçun dunyo va Özbekiston tarixidagi eng yirik ikki terakt va ularning tarixiy oqibatlariga nazar soliş örinli böladi.
Yaqinda Moskvadagi Krokus Siti Hollda yuz bergan mudhiş jinoyatdan keyin teraktlar mavzusi yana dolzarb bölib qoldi. Ötgan ön yilliklarda teraktlar haqida aytilmagan fikrning özi qolmadi hisob. Lekin teraktlarning uzoq muddatli oqibatlari qanday böldi yoki bölyapti, bu teraktlardan davlatlar va jamiyatlarga qanday oqibatlar qolyapti, degan savol juda örinli. Bu savolga javob beriş uçun keyingi ön yilliklarda yuz bergan uç davlatdagi yirik teraktlarni olib, tahlil qiliş foydali böladi.
Yangi, 21-asr AQŞda 2001 yilning 11 sentabrida yuz bergan teraktlar bilan boşlandi. Aynan mana şu terakt AQŞ va dunyo siyosatini keskin özgartirib yubordi. Haliga qadar bu terakt borasida köplab javobsiz qolayotgan savollar bor. Hozir “buni kim, nima maqsadda qildi?” degan savolga javob izlamaymiz. Bu teraktlar uzoq muddatda AQŞga va boşqalarga qanday oqibatlar olib keldi, degan savolga javob izlaymiz.
11 sentabrdan keyin AQŞ Afğonistonga va Iroqqa bostirib kirdi. Afğonistonda 20 yil uruş olib bordi. Iroqdan esa, Obama davrida şoşilinç çiqib ketdi. Natijada, şu ikki uruş uçun, har xil hisob-kitoblarga köra, AQŞ jami taxminan 2-3 trillion dollar sarfladi. Bir neça minglab askarlari halok böldi. Lekin na Afğonistonda va na Iroqda öz oldiga qöygan maqsadlariga erişa olmadi. Afğoniston hokimiyatiga toliblar qaytdi. Iroqda Saddam Husayn yiqilişi bilan AQŞning asosiy mintaqaviy opponenti bölmiş Eron kuçayib ketdi.
Qolaversa, aynan 11 sentabrdan keyin AQŞ içki va taşqi siyosatida islomofobiya kuçayib ketdi. AQŞning Yaqin Şarqdagi an’anaviy arab ittifoqçilari rasmiy Vaşingtondan qörqib qolişdi. Saudiya Arabistoni, Arab Amirliklari, Kuvayt, Qatar va boşqa davlatlar Vaşingtondan masofa saqlab, yangi geosiyosiy qutb izlay boşlaşdi. Bugun, oradan sal kam 23 yil ötib, dunyoda yangi geosiyosiy reallik şakllanmoqda. AQŞ boşçiligidagi geosiyosiy qutbga qarşi bölgan qutbni “Global janub” deb nomlaş urf bölgan va mana şu “Global janub”da arab davlatlari, jumladan, Saudiya Arabistoni, Arab Amirliklari va boşqa arab davlatlari ham iştirok etmoqda.
Qisqa muddatda 11 sentabr AQŞ manfaatlariga xizmat qilgandek körinadi, lekin uzoq muddatli vaziyatga qaralsa, 11 sentabr AQŞ uçun qimmatga tuşdi.
Xöş, 11 sentabr Saudiya Arabistoni davlati va xalqi uçun qanday oqibatlarga olib keldi? Çunki 11 sentabrda iştirok etgan 19 kişidan 15 tasi saudiyalik ekani aytilgan edi. 11 sentabrdan keyin taşqi dunyoning Saudiya Arabistoniga bosimi nihoyatda kuçli böldi. Unga qadar Saudiya Arabistoni dunyodagi eng katta da’vat tizimining homiysi edi, taşqi dunyoda yangi masjidlar va islomiy markazlarga emin-erkin homiylik qilar edi. Saudiya içki va taşqi siyosatida islomiy konservatizm – asosiy siyosiy kurs edi. 11 sentabr teraktlaridan keyin Saudiya bu vektorni demontaj qilişga majbur böldi. Balki içki siyosatda ham islomiy faollik bilan kuraşişga, dunyoviylikni majburlaşga, aholini islomiy faollikdan tiyişga majbur böldi. Boşqaça qilib aytganda, agar ma’lum radikal diniy guruhlar bu teraktlar “islomiy siyosatga yöl oçadi” deb öylagan bölsa, oqibatlari mutlaq va faqat teskari böldi.













