Moskvaning Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi 21 iyul kuni «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt böyiça jinoiy iş yuzasidan dastlabki yopiq eşituvlarni boşladi. Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, TASS xabar berdi.

Qayd etilişiça, sudda iştirokçilarning xavfsizligini ta’minlaş uçun mislsiz qattiq çoralar körilgan.

«Krokus» terakti işi uç hakamdan iborat hay’at tomonidan körib çiqiladi. Iş materiallari 470 jilddan ortiq bölib, dastlabki tergov davomida töplangan aşyoviy dalillar bazasi, şuningdek, ayblanuvçilarga nisbatan 200 dan ortiq turli xil ekspertiza natijalarini öz içiga oladi.

Sudlanuvçilar kursisida 19 nafar sudlanuvçi: Fariduni Şamsiddin, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov, Saidakrom Rajabalizoda, Umedjon Soliyev, Mustaqim Soliyev, Şahromjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Husayn Hamidov, Muhammadzoir Şarifzoda, Yoqubjon Yusufzoda, Lutfulloi Nazrimad, Jumaxon Qurbonov, Husayn Medov, Jabroil Auşev, Alişer Qosimov, Isroil, Dilovar va Aminjon Islomovlar bor. Ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari.

Teraktning ikki taşkilotçisi va yana tört nafar iştirokçisiga nisbatan tergov davom etmoqda.

2024 yil 22 mart kuni Rossiya Tergov qömitasi «Krokus Siti Holl» konsert zalida sodir etilgan terakt böyiça tergovni yakunladi. Iş materiallari keyinçalik sudga topşiriş uçun prokuraturaga yuborilgan edi.

Tergov ma’lumotlariga köra, hujum puxta tayyorlangan va Rossiyadagi vaziyatni beqarorlaştiriş maqsadida «Ukraina rahbariyati manfaatlarini közlab» amalga oşirilgan. Hujum va yonğin oqibatida 149 kişi halok böldi, bir kişi bedarak yöqoldi, 609 kişi jarohatlandi.

Tergov, şuningdek, gumonlanuvçilar guruhi yana bir hujum - Kaspiyskdagi (Doğiston) köngiloçar majmuani portlatişni rejalaştirgani, biroq bu jinoyatning oldi olinganini aniqladi.

Tergov ma’lumotlariga köra, «Krokus» hujumiga tayyorgarlik bir neça oy davom etgan. Ijroçilardan ba’zilari Rossiyaga xorijda maxsus tayyorgarlikdan ötgandan söng kelgan, biroq ular qaysi mamlakatlarda tayyorlangani ma’lum qilinmadi.