Sobiq sovet ittifoqi qulab, dunyoda bir qutblilik yuzaga kelgan paytdan boşlab, diversiya deb atab kelingan hurujlar örnini teraktlar egalladi. Sönggi ön yilliklarda vaqti-vaqti bilan röy berib turgan qonli xunrezliklar u yoki bu siyosiy qarorlarni legitimlaştiriş vositalaridan biriga aylanib qoldi.

“Terrorizm”, “terrorçilik akti”, “terakt” kabi atamalar asosan keyingi uç ön yillikda, ya’ni sobiq SSSR qulaganidan keyin işlatila boşladi. Unga qadar ham terrorçilik amaliyotlari bölgan, lekin dunyoda sovuq uruş keçayotgan öşa davrda, tomonlar asosan “diversiya” degan atamani işlatişar edi. “Terrorizm” atamasi deyarli işlatilmas edi.

Diversiya – lotin tilidan olingan bölib, “oğiştiriş”, “çalğitiş” degan ma’nolarni beradi. Ta’rifga köra, opponent tarafning imkoniyatlarini yoki rejalarini izdan çiqariş, çalğitiş, manipulyatsiya qiliş uçun amalga oşiriladigan maxsus amaliyotga aytiladi. Sovuq uruş davrida, dunyoda ikki qutb va uning tarafdorlari bölgani uçun har qanday terakt narigi tomonning diversiyasi sifatida körilgan.

Biroq, bipolyar tizim tugagaç, dunyo tartiboti özgardi, ğarb timsolida markazlaşdi va yaqin ötmişda “diversiya” deb ataladigan işlarga, ma’naviy va emotsional söz – “terror” degan atama qöllanila boşladi.

Ular orasidagi asosiy farqlardan biri – “diversiya”da ziddiyatdagi tomonlar köpligi va ularning kuçlar nisbati yaqinroq ekani tan olinadi, “terror” atamasi bilan esa konstruktiv köpçilik va destruktiv kamçilikka işora qilinadi.

Teraktlar – siyosiy özgarişlar vositasi

Keyingi ön yilliklarda, terrorçilik amaliyoti – dunyo siyosati va davlatlarning içki va taşqi siyosatini eng kuçli özgartiradigan vositalardan biriga aylandi. 1999 yil 16 fevral portlaşlari, AQŞdagi 2001 yil 11 sentabr voqealari, 2004 yil martidagi Ispaniya terakti, Rossiyaning özidagi köplab teraktlar şular jumlasidan.

Teraktlar – katta siyosiy vosita sifatida köriladi. Özgarişlarni şartlaydi va legitimlaştiradi. Çunki teraktlar kutilmaganda yuz beradi, eng zaif qatlamni nişonga oladi, begunoh insonlar qurbon böladi. Natijada keng jamoatçilikni katta şokka soladi.

Mana şu emotsional fonda siyosiy qarorlarga asos yaratiladi. Yangi siyosiy konsensus paydo böladi: “kelinglar, ölim jazosini tiklaymiz”, “kelinglar, migrantlarni kiritmaymiz”, “kelinglar, mana şu din yoki millat vakillarini ta’qib qilamiz”...