Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) «Krokus» konsert zalidagi terakt böyiça asosiy tört nafar gumondorning tergov qiliniş jarayonini e’lon qildi. Ularning barçasi teraktni sodir etgandan keyin göyoki Ukraina tomonga ketişi kerak bölgani haqida gapirgan. Jurnalistlar tergov videolaridagi ba’zi gaplarga e’tibor qaratdi.

FXX e’lon qilgan videoda tergovçi Daler Mirzoyevdan guruhning teraktdan keyingi rejasi qanday bölgani haqida söragan. U esa «Kiyev tomonga» deb javob bergan. «Sizlarga kim körsatma berdi?» deyilgan savolga esa «Sayfullo» deb javob qaytargan.

«Birinçi kanal» efirida aytilişiça, gumondorlarning barçasi aynan Sayfullo ismli odam ularga körsatma bergani, qurol-yaroğ yetkazgani, aynan «Krokus»ga hujum qilişni buyurgani va qoçiş marşrutini tuşuntirganini aytişgan.

«Sayfullo bizga Ukrainaga, Kiyevga ketişimizni aytdi. Keyin öşa yerda million rubl berişadi dedi», degan gumondor Saidakrami Rajabalizoda.

«Kiyevga qarab ketdik. U yerda bir million rubldan olişimiz kerak edi», degan yana bir gumonlanuvçi Muhammadsobir Fayzov.

Videoda aytilişiça, «bir million rubldan gonorarni oliş uçun şoşilgan terrorçilar» M3-Moskva-Kiyev trassasi böylab soatiga 170 km tezlikda harakatlana boşlaydi. Bryansk oblastining Kommuna qişloğiga yetib kelişganda esa ularni rossiyalik harbiylar töxtatgan. Bu yerdan Ukraina çegarasigaça 141 km masofa qolgandi. Videoda aytilişiça, gumonlanuvçilarning telefoni tergovçilar qöliga tuşgan va uni tekşirişgaç, Sayfullo oxirgi daqiqalargaça ularga körsatma berib turgani ma’lum bölgan.

«Sayfullo sizlarni Ukraina çegarasida kutib olib, çegarani kesib ötişingizga va Kiyevgaça borişingizga yordam berişadi dedi», degan qölga oliş vaqtida közi öyib olingan gumonlanuvçi Muhammadsobir Fayzov.

FXX versiyasiga köra, terrorçilar uçun ikkita koridor tayyorlab qöyilgan bölgan. Ukraina tomoni esa göyoki çegaraning narigi tomonidagi ikki qişloqni minalardan tozalab qöygan. Videoga köra, terrorçilar ayni damda dunyodagi eng qattiq qöriqlanadigan çegaralardan biri bölmiş Rossiya çegarasini örmon orqali yayov kesib ötişi va Sayfulloning körsatmasi bilan harakatlanişi kerak bölgan.

FXXga köra, terrorçilar «Krokus»dagi aktni amalga oşirişdan avval Kiyevdan pul olgan. Videoda qöşimça qilinişiça, terrorçilarning telefonidan Ukraina ramzi tuşirilgan atributlar suratlari ham topilgan. Rossiya Tergov qömitasi matbuot kotibi Svetlana Petrenkoning aytişiça, ularning telefonidan Ukrainadagi vayronalarda Ukraina bayroğini kötarib turgan harbiyning va Rossiya kamsitilgan poçta markasining surati bölgan. Qömita rasmiysiga köra, terrorçilarning telefonidan bunday suratlar topilgani «Krokus» terakti va «maxsus harbiy amaliyot» (Rossiyada uruşni şunday ataşadi) örtasida aloqadorlik borligini körsatadi.