22 mart kuni terrorçilar Moskva oblastida joylaşgan «Crocus City Hall» majmuasining konsert zaliga hujum qilişdi. Ular Moskva vaqti bilan soat 20:00 lar atrofida «Piknik» guruhining konsertiga yiğilgan 6 mingdan ziyod tomoşabin bölgan zalga bostirib kirib, öqotar quroldan tomoşabinlarga qarata öt oça boşlaşgan. Buning oqibatida kamida 60 kişi halok bölgan, yuzlab odamlar jarohatlangan.
Terrorçilar haqida nimalar ma’lum?
Hozirça qurollangan şaxslarning kimligi, qanday maqsadda bu işga qöl urgani va hozir qayerda ekanligi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas.
Guvohlar ularni «jigarrang kiyimdagi odamlar» yoki «jilet yo kamuflyaj kiyganlar» deya ta’riflaşgan. Ularning aniq soni noma’lum. Voqeaga guvoh bölganlardan birining sözlariga köra, hujum uyuştirgan şaxslar baland ovozda baqirişmagan. Şuningdek, ularning yuzlarida niqob ham bölmagan. Boşqa bir guvohning ta’kidlaşiça, qurolli hujum uyuştirgan şaxslarning yuzlari römol bilan yopilgan bölib, uning ostidan soqollari körinib turgan.
«Krokus»ga qilingan hujum paytida paydo bölgan videolarga asoslanilsa, terrorçilar kamida 3 nafar bölgan degan xulosaga keliş mumkin.
Keyinroq Baza tomonidan huquq-tartibot idoralari jinoyat joyidan qoçib ketgan bölişi mumkin bölgan «kamuflyaj kiyimidagi tört kişini» qidirayotgani haqidagi xabar tarqatildi.
«RIA Novosti» esa Tver viloyatida röyxatdan ötgan oq rangdagi Renault Symbol avtomobilining suratini e’lon qildi.
«Novaya gazeta Yevropa» mazkur avtomobilning oxirgi egasini aniqladi. 24 yoşli yigit maşinani «taxminan bir hafta oldin» xotinining akasiga sotganini aytgan. U esa öz navbatida maşina uning döstiga kerak bölganini ma’lum qilgan.
Rus jurnalistlari maşina qayta böyalganini aniqladi. Dastlab u qora rangda bölgan. Mazkur avtomobil yöl harakati xavfsizligi xodimlarining kamerasiga tuşib qolgan. Maşinada ikki erkak borligi körinadi, lekin ulardan faqat bittasining yuz tuzilişini aniqroq köriş mumkin bölgan. U kepka kiygan, qora soçli va kamuflyajga öxşaş kiyimda bölgan. Bu odamlarning «Krokus»ga qilingan hujumga aloqasi bor-yöqligi noma’lum.
Keyinçalik xavfsizlik kuçlari ikkinçi maşina, kulrang Renault Fluence’ni qidirayotgani haqidagi ma’lumot paydo böldi. Uşbu xabar ham rasman tasdiqlanmagan.
«Kommersant»ning huquq-tartibot idoralariga tayanib yozişiça, hujum uyuştirgan şaxslar harbiy tayyorgarlikdan ötgan bölişi mumkin.














