Salim Abduvaliyevga sud hukmi bilan 6 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangani rasman öz tasdiği topdi. Toşkent şahar sudi bu haqda xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 19 mart kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilingan.

“E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortiş muddati ötib ketganligi sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat işining şu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik töğrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat işini tugatiş uçun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.

S.Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor, deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyada ötalişi belgilangan.

Birinçi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudiga şikoyat beriş va protest keltirişga haqliligi ma’lum qilingan.

Eslatib ötamiz, 73 yoşli tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boşida öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaşda gumonlanib protsessual tartibda uşlangandi.