Salimboy nomi bilan tanilgan va 6 yilga qamalgan Salim Abduvaliyev 2025 yil 12 yanvar kuni salomatligidagi muammolar tufayli ozodlikka çiqdi.

Kun.uz manbasiga köra, u uzoq vaqtdan buyon kasallik bilan kuraşib kelayotgandi.

Salim Abduvaliyev 1950 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, ma’lumoti oliy, jamoatçilik asosida Milliy olimpiya qömitasi raisi örinbosari va Özbekiston sport kuraşlari assosiatsiyasi raisi lavozimlarida işlagan.

Bu yil 75 yoşni qarşilaydigan tadbirkor Salim Abduvaliyev 2023 yilning dekabr oyi boşida öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaşda gumonlanib protsessual tartibda uşlangandi.

Salim Abduvaliyev 2024 yil 19 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tumani sudining hukmiga köra, JKning 248-moddasi (Öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-bandi bilan aybdor deb topilgan va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.

Salim Abduvaliyev xastaligi tufayli 2025 yil 12 yanvar kuni JKning 75-moddasi tartibida jazodan ozod qilingan va ozodlikka çiqarilgan.

Jinoyat Kodeksining 75-moddasi (Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yöqotiş oqibatida jazodan ozod qiliş)  hukm çiqarilganidan keyin jazoni ötaşga tösqinlik qiladigan oğir kasallikka çalingan şaxs jazoni ötaşdan ozod qilinişini nazarda tutadi.