Ukrainadagi uruşning 759-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya FXX «Krokus Siti Holl»dagi teraktni sodir etişda gumonlanuvçilar Ukrainaga qoçmoqçi bölgani, ular bu mamlakatda «tegişli kontaktlar»ga ega bölgani haqida ma’lum qildi.
  • Keyinroq Vladimir Putin terakt munosabati bilan rossiyaliklarga murojaat qildi va gumonlanuvçilar uçun Ukraina çegarasida «tuynuk» tayyorlangani haqida aytdi.
  • Ukraina harbiy razvedkasi rasmiysi Andrey Yusov gumonlanuvçilar Ukrainada yaşirinmoqçi bölgani töğrisidagi xabarlarni «bölmağur gap» deb atadi.
  • Kreml davlat nazorati ostidagi va hukumatga xayrixoh bölgan naşrlarga «Krokus»dagi terakt haqidagi xabarlarida «ukrainlar izi» ehtimoliga urğu qaratişnga topşiriq bergani aytilgan.
  • Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Rossiya 100 ming askardan ortiq şaxsiy tarkibga ega guruh taşkil etganini ma’lum qildi.
  • Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotiga köra, Ukraina ötgan haftalarda Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga yöllagan dron zarbalari orqali Rossiya neftni qayta işlaş kuçining 10 foiz qismini işdan çiqargan.
  • Xarkivga 24 martga ötar keçasi amalga oşirilgan dronlar hujumi oqibatida tört kişi yaralangan.
  • Ukraina qurolli kuçlari kun davomida ikki bor Belgorodni öqqa tutdi. Tinç aholi vakillaridan biri halok bölib, yetti nafari yaralangan.
  • Noqonuniy ravişda Rossiyaga olib ketilgan bolalardan yana töqqiz nafari Ukrainaga qaytarildi.

Belgorod oblasti öqqa tutilişi oqibatlari

Ukraina qöşini 23 mart kuni Belgorodni ikki bor öqqa tutdi. Ertalabki hujum oqibatida bir kişi halok bölgan, uning rafiqasi boş miya yopiq jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan. Tinç aholi vakillaridan yana tört kişi jarohat olgan. Şaharda 14 ta köp kvartirali uylar, törtta xususiy uy, avtomobillar va avtobus şikastlangan.

Keçqurun Belgorod uzra havo hujumidan mudofaa tizimi işlagan. Gubernator Vyaçeslav Gladkovning ma’lumotiga köra, şahar ustida va uning çekkalarida «önta havo nişonlari» urib tuşirilgan. Bu öqqa tutiş vaqtida tinç aholi vakillaridan ikki kişi yaralangan.

Bundan taşqari, şu kuni oblast şimolidagi Çernyanskiy rayonida dronlar hujumi oqibatida bir kişi halok bölgan.

Gladkovning qayd etişiça, sönggi ikki hafta davomida Belgorod oblastida ukrainlarning zarbalari oqibatida tinç aholi vakillari bölgan 24 kişi halok bölgan, şundan ikki nafari bolalar.
 

Belgorod köçalaridan birida 23 mart kungi zarbadan keyingi manzara
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Avtomobil oynasida oskolkadan hosil bölgan teşik
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Ukraina qurolli kuçlari hujumi vaqtida derazalari şikastlangan köp kvartirali uylardan biri
AFP / Scanpix / LETA
Valentina Demidovaning Telegram-kanali
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Belgorod şahri va çegaradagi Grayvoron rayoni aholisi Stariy Oskol şahridagi vaqtinça joylaştiriş markazida
Anatoliy Jdanov / Kommersant / SIPA USA / Vida Press
Belogorod oblastidan bölgan bolalar Tambovdagi vokzalda, ular otişmalar davom etayotgani tufayli şu yerga köçirib kelingan. Gubernator Gladkovning 19 mart kungi ma’lumotiga köra, regiondan jami 9 ming bola olib çiqiladi.
Aleksey Suxorukov / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastini minalardan tozalaş

Dergaçevsk rayonidagi uçastkani minalardan tozalaşga tayyorlanayotgan sapyorlar
Anadolu Agency / Getty Images
Sapyorlar minadan tozalaş uçun işlab çiqilgan dronni işga tuşirmoqda
Anadolu Agency / Getty Images
Minadan tozalaş vaqtida dron boşqarayotgan sapyor
Anadolu Agency / Getty Images

Ukrainada qurol işlab çiqarilişi

Zirhli transport vositalarini ta’mirlaş ustaxonasi xodimlari «Ukraina zirhli texnikasi» konstruktorlik-işlab çiqariş kompaniyasi korxonasida (aynan qayerdaligi — aniq emas) avtomobilni qismlarga ajratmoqda. Korxona «Varta», «Novator» va «Kamrat» zirhli avtomobillari, şuningdek minomyotlar va öq-dorilar işlab çiqaradi.
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
«Ukraina zirhli texnikasi» işçilari 82-millimetr kalibrli minomyotlarni tayyorlamoqda
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty ImagesOksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
120-millimetr kalibrli minomyotning tirnalgan joylarini böyayotgan işçi
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Ukrainaning «Kvertus» kompaniyasi xodimi ustaxonada. «Kvertus» dronlardan himoyalaniş vositalari işlab çiqiş va işlab çiqarişga, şuningdek radioelektron kuraş va razvedka vositalari tayyorlaşga ixtisoslaşgan.
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
«Kvertus»da «Kraken» tizimlari va dronlarni öçiriş uçun möljallangan boşqa uskunalar
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images

Xarkiv böylab yopirilma zarba oqibatlari

RF qöşini 22 mart kuni Ukraina energetika infratuzilmalari böylab keng kölamli hujum amalga oşirdi. Raketalar Xarkiv, Xmelnitskaya, Zaporijjya va Dnipropetrovsk oblastlari böylab ham zarba bergan. Rossiya hujumi nişonlaridan biri Dnipropetrovsk GES bölgan — bu Ukrainadagi eng yirik gidro elektr stansiyadir. RF mudofaa vazirligi Ukraina böylab raketa va dron zarbalarini Belgorod va Kursk oblastlari «çegara hududlariga yorib kiriş va egallaş» urinişlariga javoban «qasos zarbalari» deb atagan.

Xarkivda RF qöşini S-300/X-22 raketalari bilan energetika infratuzilma obektlariga 15 ga yaqin zarba yölladi, deb xabar qilgan oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Şahar amalda töliq elektr va suv ta’minotisiz qolgan, elektrda işlovçi şahar transporti faoliyati ham töxtagan.
Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Dnipro GES kompleksi inşootlari zararlangan, ammo töğon buzilişi xavfi yöq, deb xabar qilgan «Ukrgidroenergo»
Ukraina boş vaziri Denis Şmigalning Telegram-kanali / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastiga rossiyalik harbiylar 12 ta raketa zarbasi yöllagan, deb xabar qilgan oblast ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov. Uning telegram-kanalida yozişiça, Zaporijjyadagi köçalardan birida törtta xususiy uy vayron bölgan, yana 40 tasi şikastlangan, ikki kişi bedarak yöqolgan. Fedorov raketa zarbasi oqibatlari aks etgan fotoni namoyiş etgan.
Foto: Zaporijjya oblasti ma’muriyati rahbari Ivan Fedorovning telegram-kanali
Favqulodda xizmatlar psixiloglari raketa zarbasi oqibatida uyi vayron bölgan zaporijjyalik ayolga yordam körsatmoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastiga raketa zarbasi oqibatida uç kişi halok bölgan — sakkiz yoşli qiz va uning 35 yoşli otasi, şuningdek Dnipro GES töğoni dambasi böylab harakatlangan trolleybus haydovçisi. Qariyb 20 kişi jarohatlangan, jumladan politsiyaçi.
Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblasti hududida 100 dan ortiq bino şikastlangan, jumladan turar joy va energetika infratuzilma obektlari
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Zaporijjya şahri Dniprovsk rayonidagi kvartiralardan biri
Marianna Gura / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Milliy politsiya xabariga köra, Ukraina böylab yopirilma raketa zarbalari oqibatida beş kişi halok bölib, 26 kişi yaralangan. IIV rahbari Igor Klimenkoning ma’lum qilişiça, Xmelnitskaya oblastida ikki kişi halok bölib, sakkiz kişi jarohatlangan, jumladan qutqaruvçilar vayron bölgan xususiy uy xarobalari ostidan 21 yoşli qizni çiqarib olişgan.
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Xmelnitskayadagi turar joyda raketa zarbasi oqibatlari
Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA
22 martga ötar keçasi Rossiya qöşini raketa zarbasi yöllagan Xarkivdagi elektr nimstansiyada çiqqan yonğin
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi oqibatida Xarkivda elektr uzatiş töxtatildi. Şahar şifoxonalari generatorlarda işlaşga ötgan
Oleksandra Novosel / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Xarkivda barça «yengilmas punktlar» qayta oçilgan.
Bu nuqtalarda aholi suv olişi yoki öz yaqinlari bilan aloqada qoliş uçun telefonlarini quvvatlaşi mumkin
Xarkiv — Ukrainaning aholi soni köpligi böyiça ikkinçi şahri. Keng kölamli uruş boşlanguniça bu yerda bir yarim milliondan ortiq kişi yaşagan. 23 mart kuniga kelib, region rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilişiça, 440 ming abonentning elektr ta’minoti tiklangan, yana 275 ming iste’molçi raketa zarbalaridan bir kun ötib ham toksiz qolayotgandi.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 23 mart kuni ertalab Rossiya raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etiş jarayonini şarhlarkan, iste’molçilarni ulaş işlari «maksimal darajadagi» sa’y-harakatlar bilan amalga oşirilayotgan bölsa-da, Xarkivda elektr ta’minoti bilan boğliq vaziyat oğirligiça qolayotganini aytgan.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA