AQŞ Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi ötgan hafta avtosanoat sohasi uçun yangi standartlarni tasdiqladi. Unga köra, avtomobil zavodlari özlari işlab çiqargan avtomobillardan atmosferaga çiqadigan turli ifloslantiruvçi moddalarning umumiy miqdorini keskin kamaytirişi kerak böladi.
New York Times'ning yozişiça, yangi qoidalardan maqsad – elektr va gibrid avtomobillarni köpaytiriş bölib, bu normalar mamlakat tarixidagi eng muhim ekologik qoidalar qatoriga kiradi.
Yangi standartlar 2027–2032 yillarda işlab çiqariladigan yengil va tijorat avtomobillariga taalluqli böladi (yuk maşinalari bundan mustasno). 2032 yilga borib joriy qilinadigan yakuniy standartlar mamlakatdagi jami yengil avtomobillar parkidan atmosferaga çiqadigan çiqindilarni amaldagi standartdan köra 50 foizga, tijorat avtomobillari uçun esa 44 foizga kamaytirişi kutilmoqda.
Agentlik hisob-kitoblariga köra, yangi qoidalar 7 milliard tonnadan ortiq karbonat angidrid çiqindilarining oldini oladi va iqtisodiyotga har yili qariyb 100 milliard dollar foyda keltiradi. Xususan, havo sifatining yaxşilanişi hisobiga soğliqni saqlaş tizimi 13 milliard dollar, yoqilği va texnik xizmat xarajatlarining kamayişi orqali haydovçilar 62 milliard dollar mablağini tejab qolişi kutilmoqda.
Ta’kidlanişiça, 2023 yilda AQŞda elektrokarlar jami avtomobil sotuvlarining 7 foizini taşkil etgan. Bu körsatkiçni 2032 yilgaça 56 foizga yetkaziş, gibrid avtomobillar uluşi esa 13 foizdan kam bölmasligiga erişiş maqsad qilingan.
NYT'ning qayd etişiça, yangi qoidalar u yoki bu turdagi avtotransport vositalari sotuvi taqiqlanişini anglatmaydi. Avtosanoat korxonalari yangi qoidalarga qay tarzda amal qilişni özlari mustaqil hal qilişlari mumkin: çeklov alohida bir mahsulot uçun emas, korxona tomonidan taqdim etilayotgan barça mahsulot turlariga, ya’ni umumiy kölamga qaratilgan.
Boşqaça aytganda, avtomobil işlab çiqaruvçilar elektrokar va gibrid avtomobillarni köproq, benzin yoki dizelda harakatlanadigan avtomobillarni esa kamroq sotişiga töğri keladi. Umumiy körsatkiçlar belgilangan çeklovdan oşgan taqdirda korxona katta jarimaga tortilişi mumkin.













