12 mart kuni jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani sudida 2013 yilda tuğilgan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat yuzasidan yopiq tarzdagi sud majlisi bölib ötdi. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Voqea jabrlanuvçi qiz va unga begona bölgan erkak liftda bölgan vaqtda röy bergan – erkak kiyimini yeçmagan holda uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etgan.
Sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 129-moddasi 2-qismi “v” bandi (14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan zörlik işlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş)ga köra aybli deb topilgan va unga 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlangan.
“E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uçun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuçga kirganidan söng mahkumga nisbatan jazoni yumşatiş heç bir çorasi qöllanilmaydi va u jazoni töliq ötaydi”, – deya izoh berdi Surayyo Rahmonova.
Bola huquqlari böyiça vakilning qayd etişiça, bugungi kunda Özbekistondagi sudlarda bola huquqlarini işonçli ta’minlaş borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilişga ustuvorlik yondaşuvi mustahkamlanib borayotgani nihoyatda muhim.
“Bunday yondaşuv yanada barqaror davom etişi va bu borada respublikada yagona sud amaliyoti şakllanişi zarur”, dedi bolalar ombudsmani.













