Amerikalik figurali uçuvçi Ilya Malinin erkin dasturda jahon rekordini yangilab, jahon çempioni böldi.
Kanadaning Monreal şahrida ötgan jahon çempionatida Malinin törtta aylanali sakraşni olti marta amalga oşirdi: avval törtlik aksel, keyin uç marta yakka törtlik (luts, rittberger, salxov) sakraşlarini amalga oşirdi.
Uning erkin dasturdagi bu noyob muvaffaqiyati hakamlar tomonidan 227,79 ballga baholandi va bu yangi jahon rekordi böldi.

Ilya Malinin 2004 yilda AQŞning Virjiniya ştatida, özbekistonlik figurali uçuvçilar – Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tuğilgan. Uning singlisi Yelizaveta ham figurali uçiş bilan şuğullanadi.
Tatyana Malinina – 1999 yilda ilk marta ötkazilgan tört qit’a çempionati oltin medali sohibasi, öşa yilgi Gran-pri finali ğolibasi, 10 karra Özbekiston çempioni (1993–2002), 2002 yilgi qişki Olimpiya öyinlari iştirokçisi hisoblanadi. Roman Skornyakov – ikki karra Özbekiston çempioni (1997, 2003) bölib, 1998 va 2002 yillarda qişki Olimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini himoya qilgan.












