Figurali uçiş böyiça sportçi Ilya Malinin uçinçi marta jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdi - qişki Olimpiya öyinlaridagi muvaffaqiyatsiz iştirokidan bir oy ötib.
Malinin Praga (Çexiya) turniri davomida töliq yetakçilik qildi va yaponiyalik raqibi Yumu Kagiyamani 22,73 ballga ortda qoldirib, çempionlikni işonçli tarzda qölga kiritdi. Erkin dastur yakuniga köra bronza medalini Yaponiyaning yana bir vakili Şun Sato qölga kiritdi.
«Böldi, iş bitdi, - dedi ğalabadan hayajonga tuşgan Malinin. - Men ixtiyoriy dasturni muvaffaqiyatsiz tugatişni kutgan edim va ammo bu aniqlik bilan amalga oşdi».
Malinin ikkita dastur natijalariga köra 329,40 ball töpladi.
Malininning ixtiyoriy dasturi dekabr oyida Gran-pri finalida örnatilgan 238,24 ball bilan rekordga yetolmadi, u yerda u yettita törttalik sakraşni, şu jumladan törtta akselni bajargan edi.
28 mart kuni beş marta törttalik sakraş ğalaba qozoniş uçun yetarli böldi.
Ilya Malinin şu yil fevral oyida Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso şaharlarida ötgan Olimpiada figurli uçiş musobaqasida sensatsion tarzda medalsiz qolgan edi. U qisqa dastur yakunlariga köra yetakçi edi, ammo erkin dastur vaqtida ikki marta yiqilib tuşdi. Oqibatda Malinin 8-örinni egalladi. Oltin medalni Qozoğiston vakili Mixail Şaydorov qölga kiritdi.
Ilya Malinin 2004 yilda AQŞ Virjiniya ştatida, özbekistonlik figurali uçuvçilar – Tatyana Malinina va Roman Skornyakov oilasida tuğilgan. Uning singlisi Yelizaveta ham figurali uçiş bilan şuğullanadi.
Tatyana Malinina – 1999 yilda ilk marta ötkazilgan tört qit’a çempionati oltin medali sohibasi, öşa yilgi Gran-pri finali ğolibasi, 10 karra Özbekiston çempioni (1993–2002), 2002 yilgi qişki Olimpiya öyinlari iştirokçisi hisoblanadi. Roman Skornyakov – ikki karra Özbekiston çempioni (1997, 2003) bölib, 1998 va 2002 yillarda qişki Olimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini himoya qilgan.












