Parijda Pekin-2022 qişki olimpiadasi figurali uçiş böyiça jamoaviy turniri oltin va kumuş medallarini qayta topşiriş marosimi ötkazildi. Bu haqda WSJ xabar berdi.

7 avgust kuni Eyfel minorasi yonidagi Çempionlar boğida töqqiz nafar amerikalik sportçiga oltin, yetti nafar yaponiyalik sportçiga kumuş medallar berildi. Taqdirlaş marosimi kamtarona ötkazildi, unda şohsupa yoki davlat bayroqlari yöq edi, deb yozdi naşr.

Pekin olimpiadasining figurali uçiş böyiça jamoaviy turnirida aslida Rossiya milliy jamoasi ğolib bölgan edi. Biroq, milliy jamoa a’zosi Kamila Valiyeva doping sinamasida trimetazidin taqiqlangan preparati borligi aniqlandi.

2024 yil yanvarida doping bilan boğliq iş Sport arbitraj sudida körib çiqildi. Valiyeva 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Uning töplagan oçkolari Rossiya milliy jamoasi hisobidan olib taşlandi. Oqibatda, Rossiya milliy jamoasi birinçi örindan uçinçi öringa tuşib ketdi. AQŞ birinçi, Yaponiya ikkinçi öringa kötarildi.

Şunday bölsa-da, Parijdagi taqdirlaş marosimiga rossiyalik sportçilar taklif etilmadi. Xalqaro olimpiya qömitasi bronza medallar Moskvaga yuboriladimi yoki keyinroq topşiriladimi, degan savolga javob bermadi, deb yozdi WSJ.