Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga qaraganda, Toşkentdagi ayrim gaz töldiriş şoxobçalarida 1 apreldan metan gaz narxi oşişi haqida e’lonlar paydo bölgan. E’londa 1 metr kub gaz narxi 3800 söm bölişi ma’lum qilingan.

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi 475-sonli qarorida tabiiy gazni sotişda uning eng baland çakana narxi kelgusi 6 oyda bir kub metr uçun 3250 sömdan oşib ketmasligi böyiça qat’iy çoralar körilişi belgilangan edi. 1 apreldan boşlab uşbu muddat tugaydi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, vazirlik va uning tasarrufidagi taşkilotlar tadbirkorlarning narxni oşiriş yoki oşirmaslik haqidagi qaroriga aralaşa olmaydi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmatiga köra, avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçalaridagi narxlar davlat tomonidan tartibga solinmaydi va narxni tadbirkorlar mustaqil belgilaydi.