«Krokus Siti Holl»da sodir etilgan terakt va uni ijro etişda gumonlanayotgan tojikistonliklar qölga olingaç, kuçişlatar tuzilmalar «şarqona köriniş»ga ega bölgan odamlarni tekşirişni kuçaytirgan. Rossiya şaharlarida odamlar Tojikistondan bölgan haydovçilar bilan taksida ketişdan boş tortmoqda, tojik diasporalari rahbarlari esa, öz vatandoşlariga keçalari uydan çiqmaslikni tavsiya etmoqda. Qölga olinganlardan biri uç oyça vaqt işlagan sartaroşxona xodimlariga yoppasiga tahdidlar kelmoqda. «Meduza» rossiyaliklar terakt va «Krokus»ga hujumda Tojikiston fuqarolari gumonlanayotgani töğrisidagi yangiliklarga qanday reaksiya qilayotganiga bir neça misollarni keltirdi.

«Krokus Siti Holl»dagi teraktdan keyingi kun ijtimoiy tarmoqlarda Bryansk oblastida, Ukraina çegarasi tomon olib boruvçi yölda kuçişlatar tuzilmalar tomonidan gumonlanuvçi sifatida qölga olingan şaxslarning ism-şariflari paydo böldi. Ulardan biri, 19 yoşli Muhammadsobir Fayzov Ivanovskaya oblasti Teykovo şahridagi «Ploşadka» nomli sartaroşxonada işlagani ma’lum böldi. Bu haqda xabar topgan mahalliy aholi vakillari esa salon administratori hamda xodimlariga tahdidlar yöllay boşlagan.

Baza telegram-kanalida tarqatilgan skrinşotlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan biri «uşbu barberşop»ga «tödalaşib boriş»ni taklif qiladi, boşqasi xodimlarning uylarini topib, öt qöyiş bilan dağdağa qiladi. Bunday izohlar qayerlarda qoldirilganiga aniqlik kiritilmagan. Katta ehtimol bilan, bu gaplar barberşopning «VKontakte»dagi norasmiy sahifasida yozilgan, ammo hozir öçirib yuborilgan.

Ammo barberşopning rasmiy sahifasida 23 mart kuni salon «yovvoyilarça nafratga duçor bölgani» haqida yozuv paydo böldi. «Administrator va ustalarga qönğiroq qilib, tahdid solişmoqda, odamlar yomon baholar qöyişmoqda va qörqinçli şarhlar yozib qoldirişmoqda», — deyiladi xabarda. Sartaroşxona xodimlari tasdiqlaşiça, Fayzov salonda 2023 yil noyabridan sinov muddatida bölgan va bir neça hafta işlagan, keyin esa ular bilan aloqani uzgan. Köp ötmay bu yozuv öçirib yuborildi, pablik esa qulflandi.

Barberşop direktori Yamina Safiyeva «Moskovskiy komsomolets»ga intervyusida aytişiça, salon rahbariyatining «telefonlari jiringlaşdan töxtamayapti», çunki ularga qönğiroq qilişmoqda va tahdidli xabarlar yozişmoqda. «Odamlar menga qönğiroq qilib, ölim tilaşmoqda. Men homiladorman, nima qilişimni bilmayman. Köçaga çiqişga qörqyapman», — degan ayol. Uning sözlariga köra xodimlar Fayzovda heç qanday şubhali narsani payqaşmagan. 25 mart kuni barberşopga taşrif buyurgan RIA Novosti muxbiri xodimlar söroq qiliş uçun olib ketilganini xabar