Turkiya çegaradagi kiriş va çiqiş punktlarida, jumladan, Istanbul aeroportida xavfsizlik çoralarini kuçaytirdi. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi bu haqda xabar berib, Özbekiston fuqarolarini tekşiruvlar va çeklovlar yuzasidan ogohlantirdi.

Qayd etilişiça, Istanbul xalqaro aeroportida asosan 20–35 yoşdagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuçaytirilgan. Özining xatti-harakatlari bilan şubha uyğotgan şaxslar bilan migratsiya xizmati xodimlari tomonidan suhbat ötkazilib, şaxsiy uyali telefonlari tekşirilişi holatlari ham uçramoqda.

Terrorizm, odam savdosi va boşqa jinoyatlarga aloqadorlikda gumonlanganlar, taqiqlangan tovarlarni olib ötişga uringan şaxslar «Turkiyaga kirişi istalmagan yölovçi» sifatida baholanib, Turkiya hududiga kiritilmasdan, mamlakatiga qaytarib yuborilmoqda.

Jumladan, 2024 yilning yanvar-fevral oylari davomida Özbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ularning 54 nafari bundan oldin Turkiyaga kelib, qonunbuzarlik sodir etib, mamlakatga kirişiga taqiq qöyilganlar bölgan.

Şu bilan birga, agentlikka ayrim özbekistonliklar Istanbul aeroportida politsiya xodimlarining qöpol muomalasi böyiça şikoyat qilgan.

«Bu borada fuqarolarimizning barça şikoyat va e’tirozlari diplomatik kanallar orqali turk tomoniga yetkazildi va hozirgi kunda mutasaddi taşkilotlar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Öz örnida, fuqarolarimizdan mahalliy qonunlarni hurmat qilib, ularga töliq rioya etişlarini sörab, oldin qonunbuzarlik sodir etib deportatsiya qilingan fuqarolardan esa Turkiyaga kiriş taqiqi bor yoki yöqligini Toşkent va Samarqand şaharlaridagi Turkiya diplomatik vakolatxonalaridan örgangan holda kelişlari tavsiya qilinadi», — deyiladi xabarda.