Gurjiston Gretsiyani penaltilar seriyasida mağlub etib (4:2), ilk bor Yevropa çempionatining final qismiga çiqdi.
Tbilisidagi «Dinamo Arena» stadionida keçgan öyinning asosiy va qöşimça vaqtlarida hisob oçilmadi — 0:0.
Futbol lotoreyasidagi ğalabadan keyin esa fanatlar maydonga çopib çiqişdi.
Ukraina oldin ham katta futbol turnirlarida iştirok etgan — Yevropa çempionatida ham, jahon çempionatida ham. 2020 yilgi Yevroda jamoa çorakfinalgaça yetib borgan va bölajak finalçi Angliyaga yutqazgandi.
Qöşimça saralaş turniri finalida Islandiyaga qarşi keçgan öyinda ukrainlar Bosniya va Gersegovinaga qarşi yarimfinal öyini ssenariysini takrorlaşdi: bitta töp hisobida mağlubiyatga uçralayotgan öyinning sönggi qismida ğalaba ilib ketildi.
Islandlarning birinçi bölimda urilgan goliga 54-daqiqada Ispaniyaning «Jirona» klubida yorqin öyin namoyiş etayotgan Viktor Tsigankov javob qaytardi, 84-daqiqada esa «Çelsi» a’zosi Mixaylo Mudrik ğalaba golini urdi.

Çempionatning F guruhida Gurjiston Turkiya, Portugaliya va Çexiya kabi jamoalarga raqib böladi.
Ukraina Belgiya, Slovakiya va Ruminiya bilan E guruhidan joy oldi.
Qöşimça turnirning yana bir finalida Uels penaltilar seriyasida Polşaga mağlub böldi. Jamoalar asosiy vaqtda ham, qöşimça bölimlarda ham gol ura olişmadi, futbol lotoreyasida esa uelsliklar safida nuqtaga beşinçi bölib kelgan Deniel Jyeymsning zarbasini darvozabon qaytardi (4:5).
Şu tariqa, Britaniyaning tört jamoasidan faqat ikkitasi turnir final qismida öynaydi: Angliya va Şotlandiya.
Yevropa çempionati 2024 yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar bölib ötadi.
Öyinlarga Berlin, Dortmund, Dyusseldorf, Frankfurt, Hamburg, Kyoln, Leypsig, Myunxen va Ştutgart şaharlaridagi stadionlar mezbonlik qiladi.
Germaniyadagi çempionat gurjistonliklar uçun SSSR parçalanganidan buyon ilk yirik xalqaro turnir böladi.
Gurjiston jamoasiga Fransiya milliy jamoasining sobiq futbolçisi Villi Saniol boş murabbiylik qilmoqda.











