Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumani sudyasiga jinoyat işi oçildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Sudyalar oliy kengaşi yiğilişida Boş prokurorning fuqarolik işlari böyiça Çiroqçi tumanlararo sudi sudyasi A.B.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora oliş) tegişli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortişga oid taqdimnomasi muhokama etilgan. Yakunda Kengaş xulosasi bilan A.B.ni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati töxtatilgan.
Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib çiqib, xabarda boşqa tafsilotlar oşkor qilinmagan.
Kun.uz manbasi bergan ma’lumotga köra, sudya 200 dollar miqdorida pora olganlikda gumonlanmoqda.













