Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi davlat idoralarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi faoliyati samaradorligi reytingini e’lon qildi.

2023 yil natijalari böyiça 95 ta davlat taşkiloti (şundan 36 tasi ilk marta, qolgan 59 tasi takroran) baholaşdan ötkazilgan bölib, korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgaça reytingda baholandi.

42 ta taşkilot faoliyati samaradorligi “yaxşi” (81-100 ball), 38 ta taşkilot “qoniqarli” (55-80 ball) va 15 ta taşkilot “qoniqarsiz” (55 balldan past) toifalarga ajratildi.

“Natijalarining xolisligini ta’minlaş maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bölgan Reyting baholaşni mustaqil amalga oşiruvçi ekspertlar guruhi şakllantirilib, ular tomonidan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining baholaş natijalari mustaqil va xolis körib çiqildi va xulosalar taqdim qilindi”, – deyiladi agentlik axborotida.

“Qoniqarsiz” deb baholangan taşkilotlarda, jumladan, quyidagilar kuzatilgan:

  • işga qabul qiliş, lavozimga tayinlaş va xaridlar jarayonida manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş va aniqlaş bilan boğliq çoralar amalga oşirilmagan;
  • korrupsiya haqida xabar beriş böyiça aloqa kanallari yölga qöyilmagan;
  • uşbu yönalişdagi hujjatlar ijro etilmagan;
  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini joriy etişga yetarliça e’tibor qaratilmagan.

Masalan, Surxondaryo va Andijon viloyat hokimliklarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligi ketma-ket ikki yil davomida “qoniqarsiz” baholandi. Andijon viloyat hokimligi tomonidan esa korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmasi ştat birligi xodim bilan jamlanmagan.

“Qoniqarli” deb topilgan davlat taşkilotlari faoliyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça belgilangan çoralar amalga oşirilgan bölsa-da, ayrim masalalarga e’tiborsizlik bilan qaralgan, ular jumladan quyidagilar: