Jizzax viloyatida mast qiluvçi iste’mol qilgan holda maşina boşqargan şaxs piyodani urib yuborib, uning ölimiga sabab bölgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 19 mart kuni Foriş tumani Egizbuloq mahallasi hududida sodir bölgan.
Şu kuni soat 21:15 larda içki yölda 45 yoşli haydovçi “Nexia-2” maşinasi bilan harakatlanib kelib, yöl çetidan ketayotgan 20 yoşli piyodani urib yuborgan.
Söng jabrlanuvçiga birinçi yordamni körsatmasdan voqea joyidan qoçib ketgan. Oqibatda piyoda oğir tan jarohatlari olgan.
Öşa paytda jabrlanuvçini u bilan birga bölgan hamkasbi şifoxonaga olib borgan. Şifokorlar tomonidan körsatilgan muolajalarga qarmasdan vafot etgan.
Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Foriş tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining jinoyat işi qözğatilgan. Haydovçi ayblanuvçi tariqasida uşlangan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Ma’lum bölişiça, halok bölgan yigit Milliy gvardiya xodimi bölgan.













