28 mart kuni soat 09:33 da Toşkent şahrida kuçli şamol oqibatida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatiş tarmoği 60 MVt quvvat bilan avariyaviy öçdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Buning oqibatida Toşkent viloyatining Piskent, Quyi Çirçiq va Örta Çirçiq tumanlarida yaşovçi 12 ming 550 ta iste’molçi, şuningdek, kiçik işlab çiqariş sanoat korxonalari elektr ta’minotidan uzilgan.
Vazirlik hozirda iste’molçilarni boşqa manbalardan ta’minlaş çoralari körilayotganini ta’kidlagan.
Şuningdek, soat 10:20 da Toşkent şahri Çilonzor tumani 19-kvartal Xirmontepa mahallasida katta daraxt şamol oqibatida ildizidan qöporilib tuşgani bois diametri 50 mm bölgan past bosimli gaz quvuri uzilgan. Hududdagi 16 ta köp qavatli uyning 768 ta xonadoni vaqtinça tabiiy gazsiz qolgan.
«Ayni paytda noqulay ob-havo (qattiq şamol va yomğir) şaroitiga qaramasdan, maxsus brigadalar tomonidan uşbu nosozliklar bartaraf etilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.












