2024 yil yanvar-fevral oylarida quriliş faoliyati bilan şuğullanuvçi 33 718 ta yuridik şaxs tomonidan 1,5 trln sömdan ortiq soliq tölangan. 

Soliq qömitasi xabariga köra, şundan 194,6 mlrd sömi, ya’ni 12,5 foizi 20 ta korxona hisobiga töğri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi qariyb 1,6 trln söm, qöllagan soliq imtiyozlari miqdori esa 8,1 mlrd söm.

Uşbu soliq tölovçilar tomonidan ta’minlangan tuşumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS - 98,3 mlrd söm;
  • foyda soliği - 34,8 mlrd söm;
  • JŞODS - 27,2 mlrd söm;
  • ijtimoiy soliq - 19,4 mlrd söm;
  • yer soliği - 2,2 mlrd söm;
  • mol-mulk soliği - 2 mlrd söm;
  • boşqa soliqlar - 10,7 mlrd söm.