BMT Xalqaro sudi 28 mart, payşanba kuni Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarşi da’vosi böyiça bir qator qöşimça vaqtinçalik çoralar haqida qaror çiqardi hamda Isroil armiyasidan Ğazoda falastinliklarning huquqlari buzilişiga yöl qöymaslikni talab qildi.
«Sud Isroildan öz qurolli kuçlari Ğazo sektoridagi falastinliklarning huquqlarini buzuvçi har qanday xatti-harakatlarga yöl qöymasligini, şu jumladan, şoşilinç insonparvarlik yordamini yetkazişga xalaqit bermasligini zudlik bilan ta’minlaşni talab qiladi», deyiladi sud matbuot relizida.
Bundan taşqari, sud Isroilni keçiktirib bölmas asosiy xizmatlar va gumanitar yordamni uzluksiz ta’minlaş uçun barça çoralarni körişga çaqirdi. Sud qaroriga köra, Isroil Ğazodagi turar joy sektorini himoya qiliş majburiyatiga ega.
Sud qarori bilan qabul qilingan yangi vaqtinçalik çoralar 26 yanvardagi qarorda közda tutilganlarga qöşimça hisoblanadi. Öşanda sud Isroilga Ğazo sektoridagi falastinliklarni himoya qiliş uçun barça çoralarni körişni buyurgandi. Haaga sudi, şuningdek, Isroilga BMTning Genotsid jinoyatining oldini oliş va uning uçun jazolaş töğrisidagi konvensiyasiga taalluqli bölişi mumkin bölgan har qanday harakatlardan tiyilişni, Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Ğazo sektorida genotsid harakatlarini sodir etmasligini ta’minlaşni buyurgan.
Şunga qaramay, birinçi qaror çiqqan 26 yanvardan keyin Ğazodagi falastinliklarning yaşaş şaroiti faqat yomonlaşgan.
Ğazoda oçarçilik boşlangan
BMT sudining navbatdagi qarori Ğazo sektorida oçarçilik yoyilayotgan bir vaqtda yangramoqda.
Jahon oziq-ovqat dasturi va boşqa taşkilotlar ötgan hafta e’lon qilgan hisobotga köra, Ğazoda falokatli vaziyat rivojlanib boryapti. Xususan, sektorning 2,2 million aholisi “oziq-ovqat yetişmovçiligining ötkir darajasini boşdan keçirmoqda”. May oyi oxirigaça Ğazo şimolida oçarçilik avj olişi kutilyapti.
Xalqaro sud qarorida ta’kidlanişiça, ğazoliklar endilikda “ortiq oçarçilik xavfi bilan yuzlaşayotgani yöq”, balki u yerda “oçarçilik allaqaçon boşlangan”. BMT kuzatuvçilariga köra, sektorda 31 kişi, xususan 27 nafar bola allaqaçon oziq-ovqat yetişmovçiligidan vafot etgan.














