Çexiya rasmiylari Rossiya propagandasini Yevropada tarqatiş va yevropalik siyosatçilarga pora beriş sxemasini foş qilişga muvaffaq bölganini da’vo qilmoqda. Çexiya rasmiylarining bayonotlari bilan bir vaqtda sxema tafsilotlari 27 mart kuni Der Spiegel va Çexiyaning Denik N gazetasi tomonidan çop etildi.
«Rossiya tomonidan moliyalaştirilgan ta’sir tarmoği»
Yevropalik siyosatçilarning poraxörligi bilan boğliq yangi mojaro markazida Voice of Europe - voiceofeurope.com e’tiborga molik bölmagan yangiliklar sayti turibdi. Bugun sahifa işlamayapti, lekin unga taşrif buyuruvçi bugungi kungaça heç qanday ğalati narsani sezmagan bölişi mumkin, ehtimol siyosat, iqtisod va turli siyosiy bölmagan mavzular haqidagi boşqa ommaviy axborot vositalarining xabarlari qayta naşr etilişidan taşqari. Ammo Der Spiegel haftalik jurnali jurnalistlari diqqat bilan örganib çiqqaç, saytdagi yangiliklar köpinça sun’iy intellekt tomonidan yozilganga öxşab körinişini, sahifaning manba kodi kirill alifbosi yordamida yaratilganini va sahifadagi qidiruvlar rus tilida ekanini aniqladi. Saytda yevropalik siyosatçilar, birinçi navbatda öng qanot populistik partiyalar bilan köplab intervyularni topiş mumkinligi ham diqqatni tortgan.
Çexiya Xavfsizlik va axborot xizmati (BIS) ma’lumotlariga köra, gap nafaqat internet-sayt haqida, balki Çexiya Respublikasida Rossiyadan moliyalaştirilgan ta’sir körsatiş tarmoğining faoliyati haqida bormoqda. Der Spiegel naşriga köra, çexlarga yana bir qança Yevropa razvedka xizmatlari yordam bergan. Bu tarmoqning markazida, Çexiya rasmiylari fikriça, Ukrainaning rossiyaparast «Muxolifat platformasi - hayot uçun» partiyasining sobiq rahbari Viktor Medvedçuk turgan. Ukrainada davlatga xiyonat qilişda ayblangan, biroq keyinçalik harbiy asirlarni almaşiş paytida Rossiyaga borişga ruxsat berilgan Medvedçukka qarşi Çexiya rasmiylari 27 mart kuni şaxsiy sanksiyalar kiritdi.
«Biz Çexiya Respublikasida Rossiya tomonidan moliyalaştirilgan ta’sir qiliş tarmoği faoliyatini aniqlaşga muvaffaq böldik», dedi 27 mart kuni Pragada boş vazir Petr Fiala. Fialaning aytişiça, bu tarmoqdan maqsad Yevropa davlatlarining siyosatiga ta’sir ötkazişga urinişdir. Çexiya rasmiylari ukrainalik prodyuser, «112 Ukraina» yangiliklar kanalining sobiq boş prodyuseri Artem Marçevskiyni Medvedçukning yordamçisi va saytning haqiqiy boşqaruvçisi deb biladi. Unga qarşi ham sanksiyalar qöllangan.
Voice of Europe tarmoği nima qilgan?













