Farğona şahrida tilançilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi.
Qayd qilinişiça, asli buxorolik bölgan ikki yigit soğlom bölsa-da, dorixonadan nogironlik aravaçasi xarid qilib, biri aravaçada, biri uni surib jamoatçilik joylarida navbati bilan tilançilik qilgan.
Holat içki işlar xodimlarining e’tiborini tortgan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Farğona şahar sudi yigitlarning har biriga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 188-3 moddasi (Tilançilik qiliş) 1-qismi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.













