Bugun, 29 mart kuni respublikaning aksariyat viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli bölişi mumkin. 

“Özgidromet” xabariga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Navoiy viloyatida kunning birinçi yarmida, Farğona vodiysi viloyatlarida esa keçga tomon biroz yomğir yoğişi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi.

Dam oliş kunlari respublika hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi.

Bugun kunduzi havo harorati +8...+13 daraja atrofida böladi. Dam oliş kunlari harorat asta-sekin kötariladi va yakşanba kuni havo +14...+17 darajagaça iliydi.

Keçalari harorat pasayadi va yakşanba kuniga ötar keçasi havo +0...+5 darajagaça böladi.

Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib şarq tomondan esadi, bugun ba’zi joylarda 15-20 m/s gaça kuçayadi, dam oliş kunlari şamol tezligi birozdan örtaçagaça böladi.

Toğoldi va toğli hududlarda 29-31 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor), 29 martda ba’zi joylarda kuçli böladi.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Qor köçişi xavfi saqlanib turadi.

Poytaxtda 29 martda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, 30-31 martda yoğingarçilik kutilmaydi.

Bugun kunduzi harorat +10...+12 daraja, şanba kuni +12...+14 daraja, yakşanba kuni +14...+16 daraja böladi. Keçalari harorat +3...+5 darajagaça asta-sekin pasayadi.