Moskvaning Ukrainaga hujumi tufayli Rossiyani tark etgan köplab ğarb kompaniyalari uruş boşlanganidan beri umumiy qiymati 107 milliard dollardan (taxminan 99 milliard yevro) köproq zarar körgan. Bu haqda 28 mart, payşanba kuni zarar körgan firmalarning moliyaviy hisobotlarini tahlil qilgan Reuters agentligi xabar berdi. Agentlikning ta’kidlaşiça, avgust oyida ötkazilgan oldingi tahlil bilan soliştirganda moliyaviy yöqotişlar deyarli uçdan bir qismga (plyus 30 milliard dollar) oşgan. Uşbu yöqotişlar, birinçi navbatda, hisobdan çiqariş va qöldan çiqarilgan daromadlar bilan boğliq.
Londonda joylaşgan S-RM global risklar böyiça konsalting kompaniyasi tahlilçisi Ien Messiga köra, bu salbiy tendensiya davom etadi. «Rossiyadan çiqişga intilayotgan kompaniyalar, ehtimol, yana qiyinçiliklarga duç kelişi hamda katta hisobdan çiqariş va yöqotişlarni qabul qilişga majbur bölişi mumkin», - deydi u.
Rossiya bozorini mingga yaqin kompaniya tark etdi
Yyel menejment maktabi ma’lumotlariga köra, Rossiya bozorini mingga yaqin kompaniya tark etgan. Ular Rossiya biznesi uçun xaridor topişga muvaffaq bölganida, rasmiylar uni kamida 50 foiz çegirma bilan sotişni talab qilgan. Ba’zi hollarda biznesni topşiriş ramziy miqdor uçun amalga oşirilgan.
2024 yilda Shell, HSBC, Polymetal International va Yandex NV kompaniyalariga tegişli bölgan, umumiy qiymati qariyb 10 milliard dollarlik aktivlar 90 foizgaça çegirmalar bilan sotilgan. Mart oyida Danone özining Rossiyadagi aktivlarini sotiş uçun tartibga soluvçi organdan ruxsat olganini e’lon qildi, biroq fransuz konserni 1,3 milliard dollar (taxminan 1,2 milliard yevro) zarar kördi.
Rossiyada ğarb biznesi himoyalanmagan
Öz navbatida, uruş boşlanişi bilan ğarbda qariyb 300 milliard dollar (taxminan 277,5 milliard yevro) qiymatidagi Rossiya valuta va oltin zaxiralari muzlatib qöyildi. Germaniya «Gazprom»ning şu’ba korxonasi Gazprom Germania’ni milliylaştirdi, şuningdek, «Rosneft» kompaniyasini mamlakatdagi aktivlari, jumladan, Şvedt şahridagi neftni qayta işlaş zavodi aksiyalari ustidan nazoratdan mahrum qilib, ularni taşqi nazorat ostiga oldi. Rossiya buning uçun javob çoralari bilan tahdid qilmoqda.
«Kreml uruş olib borayotgan ekan, Rossiyada ğarbning heç bir aktivini işonçli yoki himoyalangan deb hisoblab bölmaydi», - deydi Ien Messi. Şu tariqa, Rossiya hukumati RFni tark etgan Fortum, Carlsberg, OMW, Uniper konserni aktivlarini Federal mulkni boşqariş agentligiga vaqtinça boşqariş uçun topşirdi.













