Amerikaning Baltimor şahrida vayron bölgan Frensis Skott nomidagi köprikni tiklaş bir neça yil vaqt va 1 milliard dollargaça mablağni talab qilişi mumkin, deb yozadi Associated Press 29 mart, juma kuni mutaxassislarga tayanib. Avvalroq konteyner taşuvçi kema köprik bilan töqnaşgan edi.

Jon Xopkins universitetining muhandislik fanlari professori Ben Şafer ta’kidlaganidek, loyiha moliyalaştiriş miqdori, yetkazib beriş tezligi va işlar hajmiga qarab beş yildan yetti yilgaça davom etişi mumkin. Boşqa ekspertlarning fikriça, köprikni qayta tiklaş 18 oydan 24 oygaça davom etadi va 500 milliondan 1 milliard dollargaça tuşadi. 

Hozirda Baltimor porti yopilgan, mahalliy ta’mirlaş xizmatlari harbiy muhandislar iştirokida köprik inşootlarini demontaj qiliş böyiça dastlabki işlarni boşlab yuborgan. 

Baltimor köprigi konteyner taşuvçi kema unga kelib urilganidan keyin quladi 

26 mart, seşanba kuni Baltimor porti yaqinidagi köprik Singapur bayroği ostidagi 300 metrlik konteyner taşuvçi kema tayançlardan biriga kelib urilişi oqibatida qulab tuşdi. Hodisa oqibatida köprik qulaş vaqtida uning ustida bölgan olti kişi halok bölgan. Yana ikki kişi qutqarib olindi. 

FTB va AQŞning boşqa xavfsizlik idoralari voqeani terrorizm bilan boğliq deb hisoblaş uçun asos yöqligini ma’lum qildi. «Hamma narsa baxtsiz hodisa röy berganini körsatmoqda», deb hisoblaydi ular.