Unda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari Özbekistondan E-9 vizasi asosida kirib borayotgan işçilar kvotasini oşiriş yuzasidan taklif bildirdi.

Koreya tomoni sönggi vaqtda E-9 vizasi asosida Özbekistondan kelayotgan fuqarolarning kirib kelganidan köp vaqt ötmay mehnat şartnomasini bekor qiliş va iş özgartiriş holatlari ortib borayotgani iş beruvçilarning fuqarolarga bölgan talab va işonçi kamayayotganini ta’kidladi.

Tomonlar bugungi kunda koreys iş beruvçilari hamda E-9 vizasi asosida işlayotgan fuqarolarning mehnat jarayoniga doir öz yeçimini kutayotgan masalalarni atrofliça muhokama qildi.