Fransiya razvedkasi Moskvadagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida yuz bergan fojiadan keyin teraktlar xavfi kuçaygani tufayli yozda Parijda bölib ötadigan Olimpiada öyinlarining oçiliş marosimini bekor qiliş imkoniyatini körib çiqmoqda. 

«Krokus» teraktidan söng, fransuz razvedkasi «harbiy qurollar yoki transport vositalaridan foydalangan holda ommaviy terrorizm qaytişidan» çöçimoqda. Razvedka xizmatlari ma’lumotlariga köra, Olimpiada oçiliş kunida «afğon zonasi»dan uç-tört kişidan iborat «uyquda yotgan» terrorçilar hujumi ehtimoli kuçaygan. 

«Sportçilar paradining Senadagi hozirgi formati juda köp xavf tuğdiradi. Biz B rejasiga ötişimiz kerak», dedi razvedka manbasi. 

Yozgi Olimpiya öyinlari Fransiya poytaxtida 2024 yilning 26 iyulidan 11 avgustiga qadar bölib ötadi. Dastlabki rejaga köra, oçiliş marosimi an’anaviy stadionda emas, Sena daryosida ötkazilişi kerak. 160 dan ortiq qayiq iştirokçi jamoalar delegatsiyalarini Luvr va Eyfel minorasi yonidan olib ötişi, marosimni 600 mingga yaqin odam tomoşa qilişi kutilmoqda.