Sudyalarga nisbatan oğir jinoyat aybi qöyilganda ham ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş mumkinligi belgilanmoqda. Tegişli özgartirişni nazarda tutuvçi qonun Senatning yalpi majlisida qabul qilindi.
Sudlar töğrisidagi qonunning 64-moddasiga muvofiq, sudyaga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi faqat unga nisbatan öta oğir jinoyat yoki odam ölimiga sabab bölgan qasddan boşqa jinoyat sodir etganlik aybi qöyilgan hollarda qöllanilişi mumkin.
Senat qabul qilgan qonun bilan bunday çora sudyaga nisbatan oğir jinoat sodir etganlik aybi qöyilgan hollarda ham qöllanilişi mumkinligi belgilanmoqda.
Oliy sud raisi örinbosari Şuhrat Polvanov sözlariga köra, bu çora korrupsiyaga qarşi kuraşiş maqsadida joriy qilinyapti.
«Jinoyatlarni oğir yoki öta oğir deb tasniflaydigan bölsak, korrupsiyaviy jinoyatlar oğir jinoyatlar tarkibiga kiradi… Taklif etilayotgan norma sudyalar tomonidan oğir jinoyat sodir etganlikda, jumladan, korrupsiyaviy jinoyatlarni ham sodir etganlikda ayb qöyiladigan bölsa, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaşni nazarda tutadi. Bunday tajriba xorijiy davlatlarda, jumladan, qöşni Qozoğiston va Ukrainada mavjud. Bu normadan maqsad sudlar tomonidan adolatli qaror çiqarilişiga erişiş va qonun ustuvorligini ta’minlaş hisoblanadi», dedi u.












