Yakşanba kuni Turkiyada umummilliy munitsipal saylovlar bölib ötadi. Istanbul asosiy «jang maydoni»ga aylanadi, bu yerda prezident Rajab Toyyib Erdöğan va uning Adolat va taraqqiyot partiyasi muxolifatçilarning saylovçilar orasidagi maşhur meri Akrom Imomöğlidan revanş olişga harakat qiladi.

Istanbuldagi saylov natijalari muxolifatçilar 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida Erdöğan uçun qançalik jiddiy xavf tuğdira olişini ham körsatib beradi. BBC Turkiyadagi navbatdagi saylovlarni tahlil qildi.

***

Istanbul Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan uçun alohida ahamiyatga ega.

Bu nafaqat u tuğilib ösgan şahar, balki siyosiy faoliyatini ham 1970-yillarda şu yerda boşlagan: avvaliga u Milliy najot partiyasining Qosimpoşo kvartalini ham öz içiga oluvçi Beyöğli tumanidagi yoşlar bölimiga rahbar bölgan — bu hududda asosan işçi sinf vakillari yaşaydi va Erdöğan öz bolaligini şu yerda ötkazgan.

Keyin u siyosiy zinapoyalar böylab kötarila boşlaydi, Istanbul meri va boş vazir böladi, keyin esa Turkiya prezidentiga aylandi.

Erdöğan Istanbul köçalarida ulğaygan, Qosimpoşodagi futbol maydonlarida va tarixiy Eminönu tumanida suv va kunjutli buloçka sotib pul işlab topgan.

Rajab Erdöğan öz siyosiy faoliyatini Istanbulda boşlagan va endi şaharni öz nazoratiga qaytarmoqçi. Foto: Getty Images

«Erdöğanning şaxsiyati Istanbul bilan belgilangan», — deydi Istanbuldagi Medipol universiteti kommunikatsiyalar fakulteti xodimi va Genar siyosiy tadqiqotlar markazi raisi Ehson Oqtoş.

«Istanbul — uning uyi. 2019 yilgi mahalliy saylovlarda muxolifatga yutqaziş uning uçun falokat bölgandi», — deya qöşimça qiladi Oqtoş Adolat va taraqqiyot partiyasi va uning ötmişdoşlarining şahardagi 25 yillik boşqaruviga çek qöygan munitsipal saylovlardagi mağlubiyatni nazarda tutib.

2019 yilgi saylovlarda Erdöğanning odamini yenggan nomzod Jumhuriyat xalq partiyasi (respublika partiyasi) vakili, xarizmatik Akrom Imomöğli bölgandi va hozirga qadar şaharni boşqarib keladi.