Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan keyin Rossiya artilleriya öq-dorilarini işlab çiqariş uçun zarur bölgan moddalar importini sezilarli darajada oşirdi. Ular, boşqa narsalar qatorida, Qöşma Ştatlar va boşqa ğarb davlatlari, ularning ittifoqdoş mamlakatlarida joylaşgan kompaniyalardan sotib olinadi, va bu - maqsadi Rossiya Federatsiyasida harbiy sanoatni bostiriş bölgan xalqaro sanksiyalarga qaramay, yuz bergan. Bu haqda 29 mart, juma kuni The Wall Street Journal savdo ma’lumotlariga tayanib yozdi.
2022 yilda - Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi birinçi yili - porox va raketa yonilğisi işlab çiqarişda qöllanadigan tez yonuvçi paxta mahsuloti bölgan nitrosellyulozaning Rossiya importi 70 foizga oşdi. 2023 yilning örtalariga kelib uning hajmi 3039 tonnani taşkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan deyarli ikki baravar köp, deyiladi naşrda.
«Dunyo böylab mudofaa kompaniyalari nitrosellyuloza işlab çiqariş yöllarini topişga harakat qilmoqda, bu tanqislik narxlarni oşirib, işlab çiqarişda qiyinçiliklarni keltirib çiqardi. Dunyoda faqat bir neçta davlatlar nitrosellyuloza işlab çiqaradi, çunki uning asosiy qöllanişi öq-dorilarni işlab çiqariş va çeklovlar xalqaro savdoga boğliq» , deb yozadi WSJ.
«RFning nitrosellyuloza sotib olişi uruşda hal qiluvçi rol öynadi»
Naşr amerikalik rasmiylar va tahlilçilarga tayanib, Moskvaning xorijda nitrosellyuloza oliş qobiliyati Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida hal qiluvçi rol öynaganini, çunki Rossiya Federatsiyasining özi artilleriyada qöllanadigan tutunsiz poroxning asosiy tarkibiy qismi bölgan bu moddaning oz qismini işlab çiqarişini ta’kidlaydi.
Nitrosellyuloza fuqarolik maqsadlarida ham qöllanadi: siyoh, böyoqlar, laklar va tegişli mahsulotlar işlab çiqariş uçun, ammo tahlilçilar Rossiya tomonidan uşbu xomaşyoning ortib borayotgan importi birinçi navbatda qurol uçun möljallangan deb hisoblaydi, deya yozadi jurnalistlar.
Tahlil qilingan savdo ma’lumotlariga asoslanib, ular Ukrainada uruş boşlangani va Rossiya Federatsiyasiga har qanday harbiy hamda ikki tomonlama maqsadli tovarlarni olib çiqişni taqiqlovçi sanksiyalar kiritilgandan keyin Rossiyaga nitrosellyuloza yetkazib beriş nafaqat Xitoy kompaniyalari, balki AQŞ, Germaniya, şuningdek, Tayvan korxonalari iştirokida amalga oşirilgan, degan xulosaga keldi.
Şu tariqa, Analytical Marketing Chemical Group Rossiya importçisi sönggi ikki yil içida Tayvandan 700 ming dollarlik nitrosellyuloza sotib oldi. Şu bilan birga, rus kompaniyasining veb-saytida Qozon davlat porox zavodi hamkori ekanligi körsatilgan.













