Joriy yil yanvar-fevral oylarida umumiy ovqatlaniş faoliyati bilan şuğullanuvçi 19 195 ta yuridik şaxs tomonidan 173,2 mlrd söm soliq tölangan.
Soliq qömitasi xabariga köra, şundan 35,5 mlrd sömi, ya’ni 20,5 foizi 20 ta korxona hisobiga töğri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 449 mlrd sömdan oşgan, qöllagan soliq imtiyozlari esa 8 mlrd söm.
Uşbu soliq tölovçilar tomonidan ta’minlangan tuşumlar soliq turlari kesimida:
- QQS – 13,6 mlrd söm;
- foyda soliği – 10 mlrd söm;
- JŞODS - 9,1 mlrd söm;
- boşqa soliqlar - 2,8 mlrd söm.
Soliqlarning asosiy qismi ötgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida tölangan.












