Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi Hisor davlat qöriqxonasida örnatilgan fotoqopqon obektiviga Turkiston silovsini muhrlandi. Bu haqda qöriqxona matbuot xizmati xabar bermoqda.

Turkiston silovsini tabiiy majmualarda zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan tur hisoblanadi. Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqining Qizil röyxatiga kiritilgan.

Şuningdek, Turkiston silovsini Özbekiston Qizil kitobiga zaif, kamayib borayotgan, mozaik tarzda tarqalgan kiçik tur sifatida kiritilgan.

U Ğarbiy Tyan-Şan va Pomir-Oloy hududlarida tarqalgan. Bargli va arça örmonlarida yaşaydi. Hisor toğ tizmasida 150 ga yaqin, Köhitang tizmasida 20-25 ta, Ğarbiy Tyan-Şanda 100 ga yaqin, Turkiston tizmasida 300 ga yaqin silovsin yaşaydi.

Turkiston silovsini köpinça tuyoqli hayvonlar, mayda quşlar va kemiruvçilar bilan oziqlanadi.

Kuzatuvlarga köra, Turkiston silovsini bugungi kunda Hisor qöriqxonasining Ğilon, Miraki, Tanxozdaryo, Qizilsuv bölimlarida uçraydi va ularning umumiy soni 160 boşni taşkil qiladi.

Qayd etilişiça, Turkiston silovsini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan doimiy muhofazaga olingan.