Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, qömita tasarrufidagi “Hisor” davlat qöriqxonasi Qizilsuv bölimida örnatilgan videoqopqonda Sibir toğ eçkilari (kiyiklar)ning tasvirlari muhrlangan.

Sibir toğ eçkisi Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bölib, u asosan çiqiş qiyin bölgan baland toğlarda yaşaydi. Ular örtaça 15-17 yil yaşaydi. Yilda 1-2 marta bolalaydi. Vazni 35 dan 150 kilogrammgaça yetadi.

Sibir toğ eçkilari odatda çiqiş qiyin bölgan baland toğlarda yaşaydi."Hisor" davlat qöriqxonasi ham bu jonivorlarning doimiy yaşaş maskani hisoblanadi. Ular qöriqxonaning barça – Ğilon, Miraki, Tanxozdaryo va Qizilsuv bölimlari hududida uçraydi.

Qöriqxona xodimlari tomonidan olib borilgan muhofaza çora-tadbirlari natijasida keyingi yillarda ular soni sezilarli darajada köpayayotgani kuzatilmoqda.

Qayd etilişiça, Sibir toğ eçkilari Davlat ekologiya qömitasi tasarrufidagi "Hisor"davlat qöriqxonasi tomonidan ularning yaşaş tarzi, köpayişi doimiy muhofazaga olingan.

Avvalroq, joriy yil fevral oyida ham “Hisor” davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonga Sibir toğ eçkilari tuşib qolgan edi. Bundan taşqari, qöriqxonaga örnatilgan fotoqopqonlarga noyob qor qoplonlari, Turkiston silovsini va noyob qizil suğurlar muhrlangan edi.