Zomin davlat qöriqxonasida örnatilgan fotoqopqon Turkiston silovsinini muhrladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Turkiston silovsini oddiy silovsinning kenja turi bölib, kelib çiqişi Örta Osiyoga borib taqaladi. Ğarbda Markaziy Osiyoda, Janubda esa Osiyodan Xitoy va Möğulistongaça keng tarqalgan muşuklar oilasining yirtqiç vakilidir.
Örta Osiyoda Turkiston silovsini asosan oçiq örmonlar va daştlarda yaşaydi, şuningdek, Örta Osiyoning çöl mintaqalaridagi toşli adirlar va toğlarda ham uçraşi mumkin. Asosan quyonlar bilan oziqlanadi va bu yirtqiç muşuklar 17 yilgaça umr köradi. Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Turkiston silovsini hozirgi kundagi soni Zomin davlat qöriqxonasida 17-19 tani taşkil qiladi.












