Parij meri Ann Idalgo yozda Fransiya poytaxtida bölib ötadigan Olimpiada öyinlarida Rossiya va Belarus sportçilari iştirok etişiga qarşi çiqdi, deb yozadi Parijning Le Monde gazetasi 30 mart kuni keçqurun. «Rossiya va Belarus sportçilariga ularni Parijda körişdan xursand bölmasligimni aytmoqçiman», dedi Idalgo 28 mart kuni Kiyevga taşrifi çoğida. Parij merining bu bayonoti haqida avvalroq xabar qilinmagan. 

Ann Idalgoning qöşimça qilişiça, Parij Olimpiada öyinlari davomida ukrainalik sportçilarni qöllab-quvvatlaydi. «Parij sizni qahramonlar sifatida kutib oladi, Parijda özingizni uydagidek his qilasiz», deb va’da berdi u. 

Le Monde ta’kidlaşiça, Idalgo sportçilarning Olimpiadadagi iştiroki böyiça qaror qabul qiliş vakolatiga ega bölmasa-da, uning sözlari, şubhasiz, Rossiya rasmiylarini ğazablantiradi. 

Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Idalgoning sözlarini şarhlar ekan, «hozirda Rossiyada keng tarqalgan ba’zi fransuz mahsulotlarini tanlaşni va uni körişdan xursand bölmaslikni e’lon qilişni» taklif etdi. 

Ann Idalgo öz pozitsiyasini özgartirdi 

Ötgan yilning yanvar oyida Ann Idalgo Olimpiadada Rossiya va Belarus sportçilarining neytral bayroq ostida iştirok etişini qöllab-quvvatlaşini ma’lum qilgan edi, biroq bir neça hafta ötgaç, Le Monde ta’kidlaşiça, Parij meri öz pozitsiyasini özgartirib, neytral bayroq mavjud emasligini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, Fransiya boşqa davlatga hujum qilgan mamlakatni kutib oliş niyatida emas.

Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) 2023 yil dekabr oyida Ukrainadagi uruş munosabati bilan Rossiya va Belarusga qöyilgan sanksiyalar doirasida uşbu davlatlar sportçilarining Parijda şaxsiy sport turlari böyiça öyinlarda neytral maqomda iştirok etişi haqida qaror qabul qildi. Mart oyida XOQ 12 nafar rossiyalik va yetti nafar belaruslik sportçiga Olimpiadada qatnaşiş huquqini berdi. Öyinlarda Rossiyadan jami 54 nafargaça, Belarusdan esa 28 nafargaça sportçi iştirok etişi mumkin. Ba’zi rossiyalik sportçilar allaqaçon öyinlarda neytral maqomda qatnaşişni istamasligini e’lon qilgan. 

Parijdagi yozgi Olimpiya öyinlari 26 iyuldan 11 avgustgaça bölib ötadi. Paralimpiya öyinlari 28 avgust-8 sentabr kunlari ötkazilişi rejalaştirilgan.