Xarkivda Rossiyaning öqqa tutişi natijasida deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron böldi. Bu haqda şahar meri Igor Terexov Ukrainaning Liga.net naşriga 1 aprel, duşanba kuni çop etilgan intervyusida aytdi. 

«Duşmanning rejasi nima ekanini bilmayman. Deyarli barça muhim energetika infratuzilmasi vayron qilindi, xususiy infratuzilma ham bir ahvolda. Rossiya bizni qörqitmoqçi, ammo buning iloji yöq. Ikki yil davomida biz turli darajadagi tahdidlarni kördik, hatto Xarkivning özida DRG (diversion-razvedka guruhi)gaça. Deyarli ikki millionlik şahardan bor-yöği 300 ming (aholi) qolgan paytlar ham bölgan. Ammo, heç kim darvozalarni oçib bermayapti. Biz qiyinroq vaqtlarni boşdan keçirdik - bundan ham omon qolamiz», - dedi Terexov. 

Merning sözlariga köra, Rossiya Xarkivga qarşi uzoqroq - 90 kmgaça bölgan harakatga ega yangi snaryadlarni Belgorod va mintaqadan uçirmoqda. Bunday holda, köpinça S-300 komplekslari qöllanadi, ularning snaryadlari Xarkovga 40 soniyada yetib boradi. 

Rossiya Xarkivga hujum qilişga tayyorlanyaptimi? 

22 mart kuni Rossiyaning ommaviy zarbasi natijasida Xarkivdagi issiqlik elektr stansiyasi va barça nimstansiyalar vayron böldi, uylarning 60 foizi elektr energiyasiz qoldi, şaharda elektr transporti harakati töxtadi. Öşandan beri şahar yana bir neça hujumga uçradi va energetiklarning infratuzilmani tiklaşga urinişiga qaramay, elektr ta’minotidagi uzilişlar davom etmoqda. Şahar meri şaharga yetkazilgan zararni 10 million dollardan ortiq deb baholamoqda. 

Ommaviy axborot vositalarida Rossiya Xarkivga hujumga va bahorda yana 300 ming kişini harbiy xizmatga çaqirişga tayyorlanayotgani haqida ma’lumotlar paydo böldi. Igor Terexov Liga.net naşriga bergan intervyusida, bu «duşmanning, ya’ni Rossiyaning maxsus axborot operatsiyasi», degan fikrni bildirdi. UQK boş qömondoni Aleksandr Sirskiy Rossiya QKni Xarkivni egallab olişga yangi urinişdan ogohlantirib, bu şahar rossiyaliklar uçun «halokatli» bölişini va’da qildi.