Prezident Sadir Japarov «Ayrim qonun hujjatlariga (Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida va Jinoyat kodeksi) özgartişlar kiritiş töğrisida»gi qonunni [«xorijiy agentlar» töğrisidagi qonun loyihasini] imzoladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozdi AKIpress.
Qonun loyihasi Jogorku Keneş [parlament] tomonidan 14 mart kuni qabul qilingan.
Sadir Japarov bunday qonun nima uçun qabul qilinganini quyidagiça izohladi:
«Mamlakatimizda 30 yildan beri faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat taşkilotlari heç qayerda röyxatdan ötmagan. Ular heç kimga hisobot bermaydi. Ular faqat bank hisob raqamlarini oçib, xorijiy donorlardan pul olib, öz ixtiyoriga köra, şu jumladan şaxsiy maqsadlarda ham işlatgan. Bundan buyon ular ham boşqalar qatori Adliya vazirligida röyxatga olinadi. Bank hisob raqamlari oçiladi. Endi ular oçiq iş boşlaydi. Avvalgidek tartibsizlik bölmaydi», deb yozdi u.
Qonun loyihasida Qirğizistonda taşkil etilgan va xorijiy davlatlar, ularning davlat organlari, xalqaro va xorijiy taşkilotlar va boşqalardan pul va boşqa mol-mulk oladigan notijorat taşkilotiga huquqiy maqom beriş taklif etiladi.
Qonun loyihasiga köra, notijorat taşkilotlar: daromadlar hajmi va tarkibi, mol-mulk va xarajatlar hajmi, tarkibi, xodimlar soni va tarkibi, ularga haq tölaş, fuqarolarning tekin mehnatidan foydalaniş töğrisidagi ma’lumotlarni sir saqlaşi mumkin emas.
Nodavlat notijorat taşkilotlari röyxatga oliş sohasidagi vakolatli organga öz faoliyati töğrisida, boşqaruv organlarining şaxsiy tarkibi, mablağlarni sarflaş va boşqa mol-mulkdan foydalaniş maqsadlari töğrisida, şu jumladan çet eldan olingan mol-mulkdan foydalaniş töğrisidagi hisobotni öz içiga olgan hujjatlarni taqdim etişlari şart.
Şuningdek, nodavlat notijorat taşkilotlari faoliyatini rejali tekşiriş yiliga bir marta ötkaziladi.
Bundan taşqari, Rossiyada bölgani kabi, Qirğizistonda ham «xorijiy agentlar» öz materiallariga «xorijdan moliyalaştirilgan» belgisini qöyişi şart böladi.
Qonun e’lon qilingandan 10 kun ötgaç kuçga kiradi.













