Xöş, Telegram Özbekistonda nega maşhur? Telegram-kanallarni rivojlantiriş nega qiyin? Telegram Premium nega Özbekistonda tez sur’atda ommalaşmayapti? Telegram böyiça ön yillik iş tajribasiga ega ekspert, «Social active» kompaniyasi boş direktori Temur Bakiyev Kiro Altman bilan suhbatda şunday savollarga javob qaytardi.
Nega Telegram Özbekistonda eng ommabop messenjer?
Telegram ilk bor 2013 yilda işga tuşirilgan bölsa, u Özbekistonda 2015 yildan ommalaşa boşladi. Unda matndan taşqari, juda katta hajmdagi video va audiolarni yuboriş mumkin edi va bu foydalanuvçilarni öziga tez jalb etdi.
Köp ötmay Telegram'ning özbek segmentida guruhlar taşkil etiş va kanallar oçiş avj oladi. Söng ularda reklama joylaştiriş yoki öz xizmatlari va mahsulotlari haqida ma’lumot berib pul işlaş boşlanadi.
Şu tariqa, bir neça yilda Telegram butun Özbekistonni qamrab oldi va mamlakatdagi asosiy messenjerga aylandi. Eng qiziği, Telegram bilan rasmiy şartnoma tuzib hamkorlik qila boşlagan 4 ta kompaniyaning barçasi Özbekistonda oçilgan edi.
Hozirgi paytda Özbekistonda Telegram'dan foydalanuvçilar soni 25 million atrofida ekani aytiladi. Boşqa ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar bu borada Telegram bilan mutlaqo raqobatlaşa olmaydi.
2023 yil boşlarida e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda 120 mingdan oşiq Telegram-kanal, 18 mingta turli guruhlar va çatlar mavjud edi. Bu körsatkiç bilan Özbekiston Rossiyadan keyingi 2-örinni egallaydi (Rossiyada Telegram taqiqlangan paytlarda 1-örinda bölgan).
Özbekistonda oçilgan Telegram-kanallarning umumiy auditoriyasi qariyb 800 millionga yetadi. Şuningdek, mamlakatda a’zolari soni 1 million kişidan oşgan Telegram-kanallar ham bor (Kun.uz birinçi bölib şunday körsatkiçga erişgandi).
Asosiy xabarlar manbaasi
Özbekistonda turli xabarlarning birinçi manbasi Telegram hisoblanadi. Ya’ni mamlakatning turli hududlarida sodir bölgan voqea va hodisalar dastlab Telegram orqali uzatiladi va undagi kanallarda, guruh va çatlarda tarqatiladi. Söng boşqa platformalar Telegram'dan olib berişadi.
Özi tarixga nazar taşlansa, bir paytlar asosiy xabarlar gazeta orqali tarqalardi. Söng televideniye rivojlandi va xabarlar ular orqali tarqala boşlaydi.







