Toşkent şahri jinoyat işlari böyiça Yakkasaroy tuman sudida şilqimlik qilgan navbatdagi haydovçi 5 sutkaga qamaldi. 

Gazeta.uz xabariga köra, jabrlanuvçi ayol 2023 yil 11 noyabr kuni soat 17:20 da Çilonzor tumani «Xalqlar döstligi» saroyi oldida taksi töxtatib, Spark avtomobiliga ötirgan. Yölda ketayotganida haydovçi X.O. (1994 yilda tuğilgan) ayolning oyoğidan uşlab, turli gaplar gapirgan.

Ayol X.O.ni gaplarini yozib olganini bildirib, suddan unga qonuniy çora körişni va ma’naviy zararni undirib berişni söragan.

Sud majlisida huquqbuzar X.O. öşa kuni avtomaşinasi mexanika bölgani sabab, uzatmalar qutisi riçagidan tezlikni özgartirayotganda (skorostga urayotganida) ayolning oyoğiga qöli tegib ketganini bildirib, suddan işni odilona körib çiqişni söragan.

Sud X.O. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismida (şahvoniy şilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, unga 5 (beş) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.