«Spravedlivaya Rossiya - Za pravdu» partiyasi fraksiyasi yetakçisi Sergey Mironov va RF Davlat dumasidagi partiya fraksiyasi rahbari örinbosari Dmitriy Gusev 2 aprel, seşanba kuni «çet el agentlari» deb atalmiş reyestrga kiritilgan fuqarolarning saylovlarda iştirok etişini taqiqlovçi qonun loyihasini parlament muhokamasiga kiritdi. Bu haqda RBK agentligi öz ixtiyoridagi hujjat asosida ma’lum qildi. 

Agentlik saytida qayd etilişiça, mualliflar «çet el agentlari» deb e’lon qilingan Rossiya fuqarolarini ham federal va mintaqaviy hokimiyat, ham mahalliy hokimiyat organlariga saylaniş huquqidan mahrum qilişni taklif qilmoqda. Bundan taşqari, rossiyalik siyosatçilar RF fuqarolarining uşbu «toifasi»ni davlat organlari, davlat va kommunal xizmatlar lavozimlariga tayinlaşni hamda ular saylov komissiyalariga a’zo bölişini taqiqlaşni rejalaştirmoqda. 

Mironov jurnalistlarga aytişiça, öz taklifini «köpçilik çet el agentlari hozirda xorijda yaşayotgani, Rossiyaga qarşi pozitsiyani egallab turgani va Ukraina Qurolli kuçlarini moliyaviy tomondan qöllab-quvvatlayotgani» bilan asoslagan. 

Davlat dumasi avvalroq «çet el agentlari» uçun reklamani taqiqlovçi qonunni qabul qildi

Fevral oyi oxirida Davlat dumasi «çet el agentlari» uçun reklamani taqiqlovçi qonunni qabul qildi. Unga köra, taşkilotlarga Rossiya rasmiylari tomonidan «çet el agenti»deb tan olingan har qanday şaxsni reklama qiliş va ularning resurslarida özini reklama qiliş taqiqlanadi. Taqiqni buzganlik uçun jismoniy şaxslar uçun 50 ming rublgaça, yuridik şaxslar uçun 500 ming rublgaça jarima solinadi. 

11 mart kuni RF prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga «çet el agentlari» resurslarida – ularning saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, bloglari va boşqa platformalarida reklama joylaştirişni taqiqlovçi qonunni imzoladi. Hujjat, şuningdek, OAV va internetda «çet el agentlari»ning öz resurslarini reklama qilişni taqiqlaydi.

Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun

Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun 2012 yilda paydo bölgan. Öşandan beri bir neça yuzlab taşkilotlar va şaxslar taqiq röyxatiga kiritilgan. Jismoniy şaxslar – «çet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boşida işga tuşirilgan bölib, u NNTlar – «çet el agentlari», OAV – «çet el agentlari» va röyxatdan ötmagan taşkilotlar – «çet el agentlari» röyxati bilan bir qatorda törtinçi röyxat böldi.