Kun.uz’ga taqdim qilingan videoyozuvga köra, holat 27 mart sanasida sodir bölgan. Toşkent şahri Yunusobod tumanining 414-sonli davlat boğçasida tarbiyaçi qizaloqlardan biriga baqirib, u bilan qöpol munosabatda bölgan. Xarxaşa qilgan bolaga qarab, jim bölişini, bölmasa uruşini aytgan. Pedagog bolaning qölini siltaşi oqibatida badanini kökartirib qöygan, buni tahririyatga yuborilgan rasmda köriş mumkin.

“Men kameraning faqat 1 kun 3 soatlik yozuvini kördim. Şu 3 soat içida bolam yiğlayotgani uçun 3 marta qöpol muomala qilgan, uni oğziga zörlab şişa “butilka”ni tiqib qöygan, “jim böl, bölmasa öldiraman” degan. Bolam "urmang" deb baqirgan.
Bolalarga nisbatan yaxşi söz yöq, faqat baqirişgani, boşiga urişganini kördim. Uyda baland ovozda gapirişni boşlasam, quloqlarini yopib oladi. Özimni ayblagandim, ma’lum böldiki, bolamning ruhiyatini şu odam buzgan ekan. Farzandim hali 4 yoşga ham kirmadi, lekin juda keç gapira boşlayapti”,– deydi jabrlanuvçining onasi.
Ta’kidlanişiça, holat boşqa bolalar bilan ham doimiy takrorlanib keladi. Pedagog holatni onaga izohlarkan, sönggi paytlarda asablari buzilib ketganini, oilaviy muammolari borligini aytgan. Onaning muassasa rahbariyatiga murojaatidan söng, u işdan olingan.
Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirgan. Unga köra, Yunusobod tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi holatni örganişi davomida tarbiyaçi haqiqatan ham bolaga nisbatan nihoyatda qöpol, pedagog uçun xos bölmagan munosabatda bölganligi aniqlangan.
Mazkur maktabgaça ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan bunday nomaqbul holatlarga yöl qöymasligi zarurati ta’kidlanib, 29-mart kuni tarbiyaçi S.I. ga nisbatan intizomiy çora körilgan va tarbiyaçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan örganilmoqda.











