Rossiya prezidenti Vladimir Putin migratsiya siyosatiga yondaşuvlarni tubdan yangilaş zarurligini ma’lum qildi. Bu haqda u Içki işlar vazirligining hay’at yiğilişida aytdi.
«Migratsiya siyosatiga yondaşuvlarimizni çuqur, tubdan yangilaşimiz zarurligini allaqaçon aytgandim», dedi u bu borada Içki işlar vazirligi, boşqa huquq-tartibot idoralari, razvedka xizmatlari, hukumat va prezident ma’muriyatiga iş olib borişni topşirdi.
«Birinçidan, davlat va jamiyat manfaatlari va xavfsizligini ta’minlaş, millatlararo va dinlararo totuvlikni, madaniy va til özligimizni saqlaş zarur – bularning barçasi Rossiyaning kuçidir. Tamoyil şundan iboratki, faqat urf-odatlarimiz, tilimiz, madaniyatimiz, tariximizni hurmat qiladiganlargina Rossiyaga kelib yaşaşi va işlaşi mumkin», deb ta’kidladi Putin va bu tamoyil hal qiluvçi bölişi kerakligini qöşimça qildi.
Davlat rahbarining fikriça, noqonuniy migratsiya ekstremistik faoliyat va jinoyatçilik uçun töğridan-töğri zamindir. Putin ekstremizmga qarşi kuraş böyiça işlar mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqada olib borilişi kerakligini ta’kidladi.
«Krokus Siti Xoll»dagi teraktni izohlar ekan, Putin fojiadan Rossiyada milliy nafrat, ksenofobiya va islomofobiyani qözğatiş uçun foydalanişlarini qabul qilib bölmasligini aytdi. Uning sözlariga köra, bu teraktga buyruq berganlar va uning ijroçilarining asosiy maqsadi «mamlakatimizda nizo va vahima, nifoq va nafrat ekiş, Rossiyani içkaridan bölib taşlaş» edi.
Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, Rossiya «Krokus Siti Xoll»dagi teraktga buyurtma berganlarni aniqlab oladi.
«Hamma narsa oson sotiladi: har qanday ma’lumotni sotib oliş va sotiş mumkin, şuning uçun biz buyurtmaçilarni albatta topamiz», deb qöşimça qildi Putin.
Öz navbatida, IIV rahbari Vladimir Kolokolsev axborot tizimlari yordamida 2023 yilda xorijiy fuqarolar tomonidan sodir etilgan 2400 ga yaqin jinoyat foş etilganiga e’tibor qaratdi. Kolokolsev sözlariga köra, ötgan yili Rossiyadan çiqarib yuborilgan va deportatsiya qilingan xorijliklar soni 65 foizga oşib, 108 ming 500 nafarni taşkil etgan. IIV rahbari ötgan yili noqonuniy migratsiyani taşkil etiş bilan boğliq 92 foizga köp faktlar aniqlanganini ta’kidladi. Şu bilan birga, ötgan yili xorijliklarning qotillik jinoyatlari 18 foizga, öğirliklar 14 foizga va talonçilik 32 foizga kamaygan.













