Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi paytida rus qöşinlari tomonidan vayron qilingan va egallab olingan Mariupol şahrini qayta tiklaşda Germaniya kompaniyalari iştirok etmoqda. Germaniyaning ARD ijtimoiy-huquqiy telekanalining 3 aprel, çorşanba kuni çop etilgan Monitor dasturi jurnalistlari suriştiruvida şunday xulosaga kelingan.

Naşrning yozişiça, nemis kompaniyalarining RF QK tomonidan egallab olingan va Rossiya hududi deb e’lon qilingan, uruş paytida vayron bölgan Ukraina şahrini tiklaşda iştirok etgani haqidagi dalillarni izlaşda jurnalistlar quriliş kompaniyalari, biznes saytlari ma’lumotlari, hujjatlar, foto- va videomateriallarga tayangan.

Mariupoldagi quriliş maydonçalarida Knauf sementi

Xususan, Mariupoldagi köplab quriliş maydonçalarida Knauf tomonidan işlab çiqarilgan sement işlatiladi, deya ta’kidlaydi jurnalistlar. ARD ma’lumotlariga köra, hozirgi kunga qadar Knauf Rossiyada 4000 xodim va milliardlab rubllik aylanmaga ega. Tahririyat tomonidan söralganda, kompaniya Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qoralaşini va RFga qarşi YeI barça sanksiyalariga rioya qilişini bildirdi. Rossiyada işlab çiqarilgan Knauf mahsulotlari «faqat Rossiya bozori uçun» möljallangan, deya qöşimça qildi matbuot xizmati. Tahririyat tomonidan berilgan savollarning keng röyxatiga heç qanday javob olinmadi, deb ta’kidlaydi ARD. 

Bundestagning taşqi işlar qömitasi rahbari Roderix Kizevetter nemis kompaniyalarining egallab olingan şahardagi quriliş işlarida iştirok etişini qoralab, ularning xizmatlari xalqaro huquqni buzayotgan uruş foydasiga işlaydi, deb hisobladi. 

WKB Systems beton bloklari 

Bundan taşqari, Mariupoldagi quriliş maydonçalaridan olingan fotosuratlar va videolarda ARD jurnalistlari Şimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Myunsterland mintaqasidan bölgan WKB Systems nemis kompaniyasi nomi yozilgan yaşil qadoqli plyonkadagi beton bloklarini payqadi. Boşqa narsalar qatorida, uşbu kompaniya beton bloklar işlab çiqariş uçun zavodlarni jihozlaydi. 

Kompaniyaning asosiy aksiyadori rossiyalik tadbirkor Viktor Budarindir. «Monitor’da mavjud bölgan bojxona ma’lumotlari şuni körsatadiki, WKB Systems GmbH bir neça yillardan buyon Budarinning rus kompaniyalaridan biriga gazbeton bloklarni işlab çiqariş böyiça butun qurilmalarni yetkazib bergan - aftidan, Rossiya Mariupolda öz kuçini mustahkamlaş uçun mahsulotidan foydalanayotgan kompaniyaga», - deyiladi tergovda.